Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik ish hamda


Masalaning qo’yilishining yangiligi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə11/57
tarix18.05.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#116432
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik ish hamda

2.4.1. Masalaning qo’yilishining yangiligi – bu yangilikning eng past darajasi bo’lib, buning uchun hozirda mavjud bo’lgan, muayyan nuqtai nazar ostida o’tkazilgan tadqiqotlar haqidagi axborotlarga va shu predmetga boshqacha nuqtai nazardan qarashga imkon beradigan muayyan tasavvurga ega bo’lishning o’zi kifoya hisoblanadi, shuning uchun olimlar tomonidan tadqiqotning o’rganilganlik darajasiga e’tibor qaratildi.
2.4.2. Uslubiyotning yangiligi – gap qo’llaniladigan yangicha yondashuvlar, uslublar, tadqiqot tamoyillari haqida bormoqda. Bu yangilikning birmuncha yuqori darajasi bo’lib, u ancha yangi natijalarga erishishga yo’l ochadi, lekin metodologiya hali yangilik uchun kafolat bera olmaydi. Ayni bir paytda ma’lum uslubiyotlarning yangi sharoitda qo’llanilishi ham unumli natijalar berishi mumkin. Dissertatsiyaning bajarilishi “Muborak issiqlik elektr markazi (MIEM AJ)” tashkiloti atrofidagi qurilgan namunaviy uylarda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o’tkazishni asosan amaliy tajriba va hisoblarga tayanilayotganligini ushbu bandga misol sifatida keltirishimiz mumkin.
2.4.3. Olingan ijobiy yoki salbiy natijaning yangiligi (mazmunan yangiligi). Eng asosiysi – tadqiqot jarayonida asosiy xulosa
sifatida olingan, to’g’ri qo’yilgan masaladan va tadqiq etilgan zaruriy va yetarli holatlardan mantiqan kelib chiqadigan fikrni qisqacha bayon qilish. Bu aniqlangan yangi fakt, qo’yilgan masalaning asosli yechimi, ilmiy muomalaga yangi ma’lumotlarning olib kirilishi, ma’lum faktning yangi sharoit uchun tasdiqlanishi ham bo’lishi mumkin. Yangilikni olingan natijani ma’lum faktlar bilan solishtirish orqali ko’rgazmali tarzda ko’rsatish mumkin. Hozirgi paytda dissertatsiya ishi bo’yicha tajribalar o’tkazish rejalashtirilmoqda va yaqin kunlarda ulardan natijalar olinib ularning ijobiy yoki salbiy ekani hamda qanday yangilikni o’z ichiga aniqlanadi.
2.4.4. Mazmunni ifodalash shaklining yangiligi (formal yangilik) – yangi atamalarning joriy etilishi. Biroq qanchalik ko’proq yangi «burama» atamalar joriy qilingan bo’lsa, yangilik ham shunchalik yaqqol ko’rinadi, deb o’ylamaslik kerak. Atamalarning yangiligi ishda ana shu hech narsani anglatmaydigan atamalardan boshqa xech qanday yangilik yo’qligini yashira olmaydi. Yangi atama yetarlicha isbotlangan va ishonchli asoslangan yangi bilimning to’plangan hajmini ifodalash uchun joriy etilishi mumkin va shunda u yangilikni ifodalashning muhim vositasi bo’ladi. Dissertatsiya ishining 1 bobi va 2 bobini bajarish davrida mazmunni ifodalash shaklining yangiligi turidagi tadqiqotning ilmiy yangiligi namoyon bo’lishi rejaga kiritilgan.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin