Tadqiqot vazifalari
Bajarilayotgan ilmiy tadqiqotning vazifalarini belgilashda, tadqiqot vazifasini ifodalash, ko’rsatkichlashtirish va o’lchovni izlash. Vazifani ifodalash obyektni ifodalovchi tenglamalar majmuasini topishdadir. Bu bosqich oldingi - tanlash va keyingi - yechish bosqichlari bilan bog’liqdir. Vazifani ko’yishning uch ketma-ketlik tarzda ko’rsatish maqsadga muvofiqdir: ko’rsatkichlashtirish (parametrizatsiya), o’lchovni izlash va o’zaro aloqalarni izlash. ularni juda ham mayda-mayda qismlarga bo’lib yubormaslik ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani orqali bizga o’rgatilgan bo’lib , shunga muvofiq quyidagi vazifalarni belgilab olishga qaror qilindi:
Tadqiqot obyektini belgilab olish va undagi muammolarni bartaraf etishdagi ilgari qilingan ishlar bilan tanishish;
Dissertatsiya ishi mavzusi bilan bog’liq bo’lgan internet ma’lumotlari va adabiyotlar ro’yxatini tahlil qilish;
Dissertatsiya ishining o’rganilganlik darajasini aniqlashtirgan holda, texnik suv ta’minot tizimidagi energuya yo’qotilishlarini aniqlab ularni kamaytirish borasida takliflar berish;
Issiqlik-massa almashinuvi jarayonini faollashtirish uchun qilingan ishlarni tahlil qilgan holda, undagi massa yo’qotilishini kamaytirish choralarini ko’rish uchun takliflar kiritish;
2.4. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Havo isitish kollektorining tiniq yuzasidan o‘tadigan quyosh energiyasi ta’sirida isigan havo yer osti suvli bak orqali sirkulyatsiyalanadigan va issiq havo bak akkumulyatoridagi suvni temperaturasini uzgartirishi, oqim sarfi nazariy va eksperimental o‘rganildi. Ikki konturli quyosh va qo‘shimcha bioenergiyasidan foydalanib issiqlik akkumulyatoridagi konvektiv va issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayonlari issiqlik fizikaviy parametrlari kun davomida to‘planadigan issiqlik miqdori va tunda xonalar ichidagi havo haroratini o‘zgarishiga ta’siri analitik, matematik modellashtirish va sonli metodlarda tadqiq etildi. Quyosh va qo‘shimcha bioenergiya bilan isitiladigan namunaviy uyda issiqlik rejimini saqlash uchun binoni qurishda foydalaniladigan mahalliy issiqlik saqlovchi materiallarning issiqlik fizikaviy xarakterestikalari eksperimental tadqiq etildi.
Muborak issiqlik elektr markazi AJ tasarrufidagi bir qavatli cherdagida quyosh havo isitigich kollektor o‘rnatilib uyni atrof devor to‘siq devorlari pol, patalok, eshik va derazalari mahalliy issiqlik saqlovchi materiallar qo‘llanildi. Qamish qirqimlaridan tayyorlangan panellar bilan qoplandi. Xonalarni pol yuzasi 54 m2 , atrof devor to‘siqlari ichki yuzasi 48 m2 va tashqi yuzasi 50,6 m2 mayin somon opilka aralashmali loy suvoq bilan 0,15 sm qalinlikda qoplandi. Issiqlik akkumulyatordagi aerodinamik issiqlik almashinuv va issiqlik balans tadqiq etildi.
Dostları ilə paylaş: |