Ilohiy komediya


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 428,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix01.12.2023
ölçüsü428,56 Kb.
#170162
1   2   3   4   5
116 Botirova Rayxona 866-870 (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
867 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
комедии” и о произведении великого мыслителя и поэта Абдуллы Орипова 
“Путь к раю” об универсальних идеях в них. 
Ключевые слова:
Западноевропейская литература епохи Возрождения
узбекская литература, Данте, Абдулла Орипов, “Божественная комедия”, 
“Путь к рай”, универсальные идеи, рай, ариаат, ад. 
KIRISH 
Dantening “Ilohiy komediya” si jahon adabiyoti durdonalaridan biri bo‘lib, 
ushbu buyuk asarni Abdulla Oripov 28 yoshidan tarjima qilishni boshlaydi va bu 
ishni katta mahorat bilan ado etadi. Tarjima jarayoni shoirga zavq va ilhom 
bag‘ishlabgina qolmay, uni yana bir asar yozishga “Komediya”ga mantiqan o‘xshash 
bo‘lgan “Jannatga yo‘l” dramatik dostonini yaratishiga turtki bo‘ldi. Tarjima ustida 
ishlar ekan, Abdulla Oripov o‘zining italyan adibi Dante bilan hammaslak, fikrdosh 
ekanligiga amin bo‘ladi. U buni ko‘pgina uchrashuvlarda ta’kidlar edi: “Agar men 
Dante bilan suhbatdosh bo‘lib qolsam, nima haqida gaplashar edim? U menga eng 
yaxshi zamondosh bo‘lardi. Men u bilan bugungi hayot muammolari yuzasidan – 
yaxshilar va yomonlar, vijdonlilar va vijdonsizlar, halolni xaromdan farq qiladiganlar 
va qilavermaydiganlar haqida gaplashardim”.
1
Shuningdek, “Jannatga yo‘l” va 
“Ilohiy komediya”da ham o‘zaro mushtarak jihatlar ko‘zga tashlanadi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Abdulla Oripovning "Jannatga yo‘l" asari she'riy drama shaklida yozilgan 
bo‘lib, voqealar narigi dunyoda, savob va gunohlarni o‘lchaydigan 
tarozibon ( Danteda Minos) qarshisida boshlanadi. Ikkala dostonda ham mualliflar 
kishilardagi tovlamachilik, sotqinlik, ig‘vogarlik, olchoqlik kabi qusurlarni qoralaydi, 
hayotda bunday illatlarga qarshi kurashish kerakligini uqtiradi. Umuman, adabiyotda 
narigi dunyo tasviri o‘rin olgan turli yo‘nalishdagi asarlar talaygina: 
Fitratning "Qiyomat" hikoyasi, sharq adabiyotida mashhur bo‘lgan "Me'rojnoma"lar. 
Mualliflar asarda o‘z g‘oyalarini ifodalash uchun turli usullarni tanlaydilar. Dante 
“Komediya”sini strukturalar, nazariya va tushunchalar ishtirokida tasvirlagan 
bo‘lsa, Abdulla Oripov rivoyat usulini tanlaydi. Lekin mohiyat o‘zgarmaydi:maqsad 
insonning yomon nafsidan hosil bo‘ladigan gunohlarning oqibatini ko‘rsatish va 
ezgulikni, ishqni, insoniylikni ulug‘lash. Darhaqiqat, ezgulik va ishq, sadoqat kabi 
fazilatlar insoniyat uchun yorug‘lik, najotdir. Dostonlarda bu g‘oya o‘quvchiga 
asarning boshlanishidan oxirigacha uqtirib boriladi. Dante va shoir yigit nima 
1
Қўшжонов М., Сувон М.. Абдулла Орипов. Тошкент: “Маьнавият”,2000, 34-бэт 



Yüklə 428,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin