Ilohiy komediya


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 428,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix01.12.2023
ölçüsü428,56 Kb.
#170162
1   2   3   4   5
116 Botirova Rayxona 866-870 (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
868 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
sababdan ilohiy farog‘atga noil bo‘ldilar? To‘g‘ri, ular xato qildilar, adashdilar, lekin 
Hazrati insonning odamiyligiga, ezgulikka nisbatan e’tiqodini o‘zgartirmadilar. 
Dantening Beatrichega bo‘lgan muhabbati sof, ta’malarsiz, g‘arazsiz edi. Yigit esa 
inson zotining har qancha tuban ishlar qilib turganining guvohi bo‘lganligiga 
qaramay, uning buyukligiga ishondi, unga xizmat qildi, so‘nggi damdagi jannatga 
yo‘l olish imkonidan voz kechib, do‘sti uchun savob ulashdi. “Jannatga yo‘l”da yigit 
aytgan gaplarni eslaylik: 
Ne-ne zotlar gar o‘zlari topsa ham to‘zim, 
Odamzotga ko‘rmaganlar yomonlik ravo. 
Ezgulikning yo‘li og‘ir, serg‘alva garchand, 
Yuksaklarga ko‘taradi sohibin biroq. 
Ona vatanimiz tarixida chuqur iz qoldirgan Shiroq, Najmiddin Kubro, Jaloliddin 
Manguberdi singari ismlarni yodga olishimizning o‘zi yuqoridagi to‘rtlikning 
mazmuniy ifodasi bo‘ladi. Xuddi shu singari Dantening ham ko‘p o‘rinlarda 
do‘zaxdagi kimsalarga yuragi achishib, qo‘lidan kelsa yordamga shay turganining 
guvohi bo‘lamiz: 
O, gar bo‘lolsaydim daf’i balokor, 
Qalqon qilar edim o‘zimni shartta. 
Ustoz ham bo‘lardi shaksiz madadkor. 
Lekin hayiqardim o‘tdan, albatta, 
Ko‘ksimga ularni bosolmasdim, oh. 
Boqa olmas edim mehr-shavqatda. 
Asarlarda Haqning qahriga eng birinchi uchraydigan kimsalar − tirikligida na 
savob-u na gunoh qilganlar, o‘zini quruqqa olib qochadiganlar jazolanishi 
ko‘rsatilgan. Ular arosatda qoladilar. (“Jannatga yo‘l”da: “…O‘zga odam:Taqsir 
mening eng so‘nggi bir arizam shulki, Nahot bekor ketaversa shunchalik tavof?! 
Tarozibon: Gapni cho‘zma, arosatga borasan, chunki, sen na gunoh qilgansan-u na 
zarra savob. “Ilohiy komediya”da:“…Ustozim dediki: “Bir qavm bordir, Bilar u na 
shuhrat, na or, na nomus. Shundoq yashab o‘tgan yuzsiz, beordir. Ular bilan birga 
bebok va beyuz, Loqayd farishtalar to‘dasi ham bor. Na osiy, na sodiq,
shundayin betus…”). Doston oxiriga qadar gunohlar og‘irlashib boradi va so‘ngida
eng kechirilishi qiyin gunohga qo‘l urganlar – sotqinlar va insonlarning orasini 
buzuvchilar jazolanadi. Ular Vataniga, do‘stlariga, hatto ota-onasiga yomonlik 
qilganlar. “Jannatga yo‘l”dagi ig‘vogar obrazi odam qolmaganidan yolg‘on ishlatib, 
hatto o‘z ota-onasining orasini buzgan. Ular yolg‘onga ishonib bir-birini zaharlab 



Yüklə 428,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin