Page 220
Ta'kidlash lozimki, ixtisoslashuv barcha narsa yoki mahsulotni ishlab chiqarish
bilan belgilanmaydi. Uning uchun quyidagilar talab etiladi:
— mazkur tarmoq mintaqa yoki milliy iqtisodiyot tarkibida salmoqli o'ringa ega
bo‘lmog‘i lozim;
— yaratilgan mahsulot mahalliy ehtiyojni to‘la qondirgan holda tovar sifatida
bozorga chiqarilishi kerak;
— ixtisoslashuv rayonlararo yoki mamlakatlararo tovar ayirboshlash, tashqi savdo
aloqalarini taqozo etadi va h.k.
Yuqoridagi talablarga muvofiq aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi tabiiy
gaz, paxta va paxta tolasi, ipakchilik, qorako'lchilik, meva va sabzavotchilikka
ixtisoslashgan. Aynan ana shu va yana bir qator iqtisodiyot tarmoqlari
mamlakatimizning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rnini belgilab beradi. Demak,
hududiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni iqtisodiy makonda alohida sohalar bo'yicha
“bo‘lib” yuboradi. Natijada har bir joyning “kimligi”, nima bilan shug‘ullanishi vujudga
keladi. Shuning uchun ixtisoslashgan tarmoq orqali joy (mamlakat, viloyat, rayon,
shahar va h.k.) tushuniladi, joy esa — uning nima bilan mashhurligini bildiradi.
Masalan, kofe deganda Braziliya, Braziliya deganda kofe; Choy deganda Xitoy va
Hindiston, O‘zbekiston deganda paxta; ko'mir deganda Angren...
Hududiy mehnat taqsimotining shakllanishiga qator omillar ta'sir qiladi. Ularga
tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiy geografik о‘rin,
bozor iqtisodiyoti (talab va taklif munosabati) kabilar kiradi.
Jumladan, tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning turli tumanligi mamlakat yoki
mintaqada xo‘jalik yuritish ning turli yo‘nalishlarini vujudga kelishiga asos bo'lib
xizmat qiladi. Tog‘, voha va vodiy, cho’l, o’rmonzor, issiq iqlim yoki qurg‘oqchilikda
shularga mos holda iqtisodiyot ixtisoslashuvi ham turlicha bo‘ladi. Faraz qilaylik, agar
O‘zbekiston hududi (tabiati) faqat Qizilqum cho‘llari yoki Ustyurt platosi yoki faqat
Farg‘ona vodiysidek bo‘lganda, ehtimol, xo‘jalik tizimi ham ancha bir tomonlama
bo‘lar edi. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, mamlakat, mintaqa hududining yer
usti tuzilishi, iqlim, qazilma boyliklari qanchalik turli-tuman bo‘lsa bu yerda hududiy
mehnat taqsimoti, iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish uchun shunchalik katta
imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Hududning tabiiy geografik jihatdan har xilligi bu uning
“baxtidir”, zero tabiatda, Yerki, ularni boshqarish boshqa tipdagi rayonlarga qaraganda
osonroq va qulayroq. Xo’sh, iqtisodiy rayonlar nima uchun kerak?
Avvalambor bu rayonlarsiz iqtisodiy geografiya fanining o’zi ham bo‘lmaydi
(rayon — joy, yer, hudud, demak “geo”). Shundan kelib chiqqan holda aytish
mumkinki, iqtisodiy rayon iqtisodiy geografiyadir. Binobarin, iqtisodiy geografiya
fanining tarixi iqtisodiy rayonlarning shakllanishi, hududiy mehnat taqsimotining
natijasidir. Iqtisodiy rayonlarsiz, hududning ichki jihatdan iqtisodiy turli-tumanligini