hamon tashabbuskorlik yetishmasligi, faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligi ko‘zga tashlanadi.
XULOSA Mamlakat o’zining taraqqqiyoti uchun o’z imkoniyatlarini munosib va qulay
joylashtirishi, sanoat va qishloq xo’jaligi bo’yicha rivojlangan hududlar bilan bu sohada
nisbatan qoloq hududlar o’rtasida o’zaro sinergetik(hamkorlik) faoliyatini yo’lga
qo’yishi, kam taraqqiy etgan hududlarga qolgan hududlar bilan teng raqobatga ega bolib
olishi uchun zaruriy ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy imtiyozlar yaratib berishi
dunyo mamlakatlari tajribasida ijobiy baholangan. Iqtisodiy rayonga boʻlish ishlari
koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan
mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda mamlakat hududini iqtisodiy
rayonlarga boʻlish boʻyicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bogʻliq holda
Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot institutida XX asrning 60-yillari boshida amalga oshirilgan.
Bunga qadar G. N. Cherdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida
respublika hududini Iqtisodiy rayonga boʻlish masalalari boʻyicha ayrim qarashlar olgʻa
surilgan[6].
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy
rayonlardan tashqari hududiy ishlab chiqarish majmualari va iqtisodiy geografik oʻrin
(turli xoʻjalik obyektlarining — vujudga kelganligi, joylashganligi, rivojlanish
xususiyatlari)ni ham tadqiq etadi. Hududiy ishlab chiqarish majmualarini toʻgʻri tashkil
qilish, infrastruktura tizimidan oqilona foydalanish esa iqtisodiy geografik samaradorlik
va farovonlikni ta ʼminlaydi.
REFERNCES 1.
Prezident Shavkat MirziyoyevNING “Bir makon, bir yo`l” loyihasi xalqaro forumida
so‘zlagan nutqidan.
2.