Page 221
anglamasdan turib mamlakat iqtisodiy geografiyasini o’rganish mumkin emas. Zero, har
qanday davlatning iqtisodiy salohiyati va xavfsizligi uni tashkil qilgan mintaqalar birligi
bilan ifodalanadi; m intaqalar, ichki hududlarsiz “mamlakat” mavhum tushuncha bo‘lib
qolaveradi. Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiy geografiyasini faqat xo‘jalik tarmoqlari
orqali, “yoppasiga”, umuman yoki “o‘rtacha” o'rganib bo‘lmaydi. Nazariy va asosiy
jihatdan iqtisodiy rayonlar har qanday davlatning mintaqaviy siyosatini olib borishda
zarur. Sababi, davlat o‘zining barcha ichki qismlariga, ularning imkoniyat va ehtiyojlari,
muammolaridan kelib chiqqan holda “muomala” qiladi.[3]
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning mintaqaviy siyosati maxsus
vositalar (byudjet-kredit, soliq, investitsiya mexanizmlari) yordamida ishlab chiqarish
kuchlarini hududiy jihatdan tartibga solib, boshqarib boradi. Hududiy ishlab chiqarish
majmualari. Iqtisodiy geografiyadagi bu tushuncha ham uning tub mohiyatini
belgilaydi. O‘z nomidan ma'lum bo‘lishicha, u ma'lum hududda xo‘jalik tarmoqlarining
joylanishi, majmua (kompleks) shaklida faoliyat ko‘rsatishini bildiradi.
Hududiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, tashqi iqtisodiy aloqalar transportsiz
amalga oshmaydi. Transport iqtisodiy geografik jarayonlarni harakatga keltiruvchi
asosiy kuch, iqtisodiyotning qon tomiridir. Hududiy mehnat taqsimotining bir necha
bosqichlari (darajalari) mavjud:
— xalqaro mehnat taqsimoti;
— mamlakatlararo mehnat taqsimoti;
— mamlakat ichidagi mehnat taqsimoti;
— yirik iqtisodiy mintaqalar (viloyatlararo) doirasidagi mehnat taqsimoti;
— viloyat ichidagi (quyi ma’muriy rayonlar yoki tumanlararo) mehnat taqsimoti;
— mahalliy mehnat taqsimoti (qishloq tumanlari doirasida)[4].
Iqtisodiy rayonlashtirish - geografik mehnat taqsimoti obyekti kelib chiqadigan
yirik mintaqalar yoki mamlakatning iqtisodiy rayonlari o‘zaro bo‘ysunishining tizimli
ajratilishidir[5].
Iqtisodiy rayonlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - hududiy rejalashtirish,
prognozlash (bashorat qilish) va ijtimoiy-iqtisodiy regional siyosatni amalga oshirish
uchun optimal sharoit yaratishdir.
Makroiqtisodiy mintaqa mamlakatning yirik iqtisodiy makoni bo‘lib, tabiiy va iqtisodiy
sharoitlarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi tabiiy resursiar,
aholining hududiy taqsimlanishi va xo‘jaliklarning shakllanishida tarixiy omillarning
mujassamlanishiga bog‘liq bo‘lishi bilan tavsiflanadi.