Imkoniyatlari



Yüklə 423,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.03.2023
ölçüsü423,7 Kb.
#88807
1   2   3   4
1209-Текст статьи-4240-1-10-20221029

Muhokama. Bugungi kunda o’quvchilar bilim olish, turli malaka va ko’nikmalarni 
egallashlarida yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev 
ta’kidlaganidek “Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog’chalar, maktablar, oliy o’ quv 
yurtlari, nufuzli xorijiy uni versitetlarning filiallari, madaniyat va s’ort inshootlari, «Temurbeklar 
maktabi», «Prezident maktabi», «Ijod maktablari» deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi 
ta’lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo’lgan yetuk kadrlarning
yangi avlodini tarbiyaalashga xizmat qilmoqda”. Shunday ekan, zamon bilan hamnafas, 
yetakchilik va tashkilotchilik sifatlari shakllangan, o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lgan 
yoshlarni tarbiyalash borasidagi tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik manbalarda pedagogik talablarning quyidagi shartlarga javob berishi ijobiy 
natijani qo’lga kiritilishini ta’minlashi e’tirof etiladi: 
- qo’yiladigan talablar o’quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg’usi bilan uyg’unlashgan 
bo’lishi kerak; 
- talabalar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi 
lozim; 
- jamoaga nisbatan qo’yiladigan talablar aniq bo’lishi lozim;
- O’quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga 
qo’yilayotgan talablar ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart [7]. 
Yuqorida pedagogik talabning qo’yilish shartlari to’g’ri ifodalangan bo’lsa-da, biroq, ularni 
yanada to’liq bayon etish maqsadga muvofiq ekanligini qayd etib o’tish lozim deb topildi. 
Bizning fikrimizcha, pedagogik talablarni bayon etishda o’qituvchi va ota-onalar quyidagicha 
shartlarga amal qilishlari zarur:
- qo’yiladigan pedagogik talab va uning maqsadini aniq belgilab olish;
-pedagogik talab mohiyatini o’quvchilarga tushuntirib berish;
- o’quvchilar tomonidan pedagogik talab mohiyatining tushunilganligini
savol-javob asosida aniqlash;
-pedagogik talabning bajarilish muddatini qat’iy belgilash;
-o’quvchilar tomonidan pedagogik talabning bajarilishini nazorat va tahlil qilish. Umumiy 
o’rta ta’lim maktablari, shu jumladan, oilalarda ham uzrli sabablarga ega bo’lgan hollardagina 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 3)
ISSN 2181-1709 (P)
100
Education and innovative research 2022 y. №3
qo’yilgan pedagogik talabni bekor qilish mumkin.
1. O’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini izchil shakllantirish anhanalarini tarkib 
to’tirish. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining larida o’quvchilarning tashkilotchilik sifatlariga 
ega bo’lishlari uchun imkon beruvchi anhanalarni tarkib toptirish ham bu borada amalga 
oshiriladigan pedagogik faoliyat.
Natija. Shaxsni ijtimoiylashtirishga bo’lgan talabning ortib borayotganligi, shaxsiy 
imkoniyatlarni to’laqonli ro’yobga chiqarish va jamiyat, xalq, shuningdek, shaxs manfaatiga 
mos keluvchi turli faoliyat yo’nalishlari qobiliyatini namoyon etishga bo’lgan extiyoj
o’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini izchil, uzluksiz va tizimli shakllantirish, rivojlantirishga 
xizmat qiluvchi an’analarni qaror toptirish zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda. Shu bois 
umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantiriga doir 
an’analarning qaror toptirilishiga erishish taqozo etiladi.
Bizningcha, umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Yosh tashkilotchi” harakatini izchil yo’lga 
qo’yilishi o’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish yo’nalishida o’ziga an’ananing 
shakllanishini ta’minlagan bo’lar edi. 
“Yosh tashkilotchi” harakati doirasida quyidagi vazifalarning ijobiy hal qilinishi 
o’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini samarali shakllantirishga yordam beradi:
- o’quvchilari o’rtasida faol tushuntirish ishlarini tashkil etish orqali ularda ko’ngilli 
ravishda ijtimoiy topshiriq va vazifalarni bajarishga bo’lgan qiziqish va ijobiy o’quv motivlarini 
shakllantirish;
-trening va psixotreninglarni uyushtirish asosida o’quvchilarda ijtimoiy faollik, mustaqillik, 
o’z-o’ziga ishonch, jamoa bilan bo’lishga intilish, tashabbuskorlik, ijodkorlik sifatlarini 
tarbiyalash;
-turli yo’nalishlarda “Ijtimoiy taklif” yoki “Ijtimoiy loyiha” tanlovlarini o’tkazish orqali 
o’quvchilarda o’z fikrini asoslash, bildirilgan taklifning samarali ekanligiga jamoa a’zolarini 
ishontira olish, jamoani o’z ortidan ergashtirish, liderlik va tolerantlik ko’nikmalarini hosil 
qilish. “Yosh tashkilotchi” harakati doirasida amalga oshiriluvchi tadbirlar to’g’risida ishning 
navbatdagi bandida batafsil to’xtalib o’tiladi.
3. O’quvchilar jamoasi imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish. Ishning avvalgi bandlarida 
aytib o’tilganidek, shaxsning jamoada va jamoa bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishi unda 
tashkilotchilik sifatlarini samarali shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Jamoaning imkoniyatlari 
umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qituvchilar tomonidan o’quvchilar oldiga qo’yiladigan talab 
va topshiriqlarni izchil bajarishda nihoyatda qo’l keladi.mO’quvchilar tomonidan tashkilotchilik 
sifatlarining namoyon etilishida o’quvchilar jamoasi imkoniyatlari ularning maqsadni to’g’ri 
anglashlari, bir-birlarini tushuna olishlari, o’zaro yordam va hamkorlikka tayyor ekanliklarida 
ko’zga tashlanadi.
O’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda o’ quvchilar jamoasi 
imkoniyatlaridan quyidagi shakllarda foydalanish mumkin:
- o’ quvchilarga juftlik, guruh va jamoa asosida bajariladigan topshiriqlarni berish; -ularni
guruh va jamoa ishtirokida o’ynaladigan o’yinlarga jalb etish;
- o’quvchilar tomonidan yakka tartibda, juftlik va guruh shakllarida, shuningdek, ommaviy
ravishda hal qilinadigan amaliy mashqlarning bajarilishini ta’minlash.
4. O’ quvchilar jamoalarining o’z- o’zini boshqarishiga erishish. 
Har qanday shaxsda, shu jumladan, maktab o’quvchisida tashkilotchilik sifatlarini 
shakllantirishda unga bildirilayotgan ishonch va berilayotgan erkinlik katta tarbiyaviy ta’sirga 
ega. O’quvchilariga ishonch bildirish va muayyan darajada erkinlik berish ular tomonlaridan har
qanday pedagogik talab va topshiriqlarning ijobiy hal qilinishida samarali omil sanaladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar jamoalarining o’zini o’zi boshqarishlariga 
erishilishi ularda nafaqat shaxsiy imkoniyatlariga ishonchni yuzaga keltiribgina qolmay, shu 



Yüklə 423,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin