Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 3)
ISSN 2181-1709 (P)
98
Education and innovative research 2022 y. №3
ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash kabi
muhim vazifalarning amalga
oshirilayotganligi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida tashkilotchilik sifatlarini
shakllantirish orqali boshqaruvchilik faoliyatini yanada rivojlantirishni taqozo etadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev aytganlaridek: Yosh avlodimizda qat’iy hayotiy
pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak ma’suliyat tuyg’usini shakllantirish alohida muhim
ahamiyatga ega. Bizning asosiy maqsadimiz-yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega
bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun barcha zarur
sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va
ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh
kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyalarini safarbar etamiz [1].
Boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish
imkoniyatlari mavjud ekanligi, ammo, ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratilmayotganligi,
boshlang’ich sinfda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga
imkon beruvchi pedagogik
shart-sharoitlar, omillarning o’rganilmaganligi, texnologik yondashuvning qaror topmaganligi,
sinfdan va darsdan tashqari sharoitlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning muhim yo’nalishi e’tirof
etilmaganligi ko’rsatadi. Kelgusida jamiyatning to’laqonli a’zosi va malakali mutaxassis
sifatida ijtimoiy munosabatlar hamda kasbiy faoliyat jarayonida faol ishtirok etish, zimmadagi
ijtimoiy burchlarni sidqidildan ado etishda shaxsning tashkilotchilik sifatlariga ega bo’lishi
o’ziga xos ahamiyatga egadir.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Bugungi kunda boshlang’ich sinflarda
o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish, ularni milliy
va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash qanday darajada ahamiyat kasb etayotgan bo’lsa,
ularda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish ham shu qadar muhim vazifa hisoblanadi. Bu
borada o’quvchilar jamoasi oldiga individual va umumiy pedagogik talablarni qo’yish mumkin.
Pedagogik faoliyatni tashkil etishda “jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo’yiladigan
yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi [6]. Tabiiyki, yosh xususiyatlariga ko’ra o’quvchilari
“tashkilotchilik” tushunchasining mohiyati, tashkilotchilik
negizida aks etuvchi sifatlar,
tashkilotchilik sifatlariga erishishning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyati, shuningdek, tashkilotchilik
sifatlarini o’zlashtirish jarayonining kechishi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lmaydilar. Shu
bois o’quvchilariga bu boradagi ma’lumotlarni berishda maxsus pedagogik ma’lumotga ega
o’qituvchilar yoki ularning tarbiyasi uchun mas’ul asosiy su’yektlar ota-onalar muhim o’rin
tutishadi. O’qituvchilar va ota-onalar tomonidan o’quvchilari oldiga aniq pedagogik talablarning
qo’yilishi hamda ularning bajarilishi yuzasidan oqilona nazoratning olib borilishi mazkur
davrdayoq tashkilotchilik sifatlarining shakllanishiga zamin yaratadi [5].
Ilmiy manbalarda pedagogik talabning “O’quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan
tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalari”dan
iboratligi aytiladi [6].
Manbalar bilan tanishish, ilgari surilgan g’oyalarni nazariy tahlil qilish o’quvchilarda
tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda quyidagi imkoniyat va yo’llarning samarali ekanligini
ko’rsatdi: аmaliy tadqiqot faoliyatini olib borishda pedagogik talablarning muayyan shartlar
asosida bayon qilinishi ta’minlandi. Bunda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etdi:
- pedagogik talabalarni qo’yishda o’quvchilarning yosh, fiziologik, psixologik va individual
xususiyatlarini
inobatga olinishi;
- o’quvchilarni oldiga qo’yiladigan talablarning ular uchun tushunarli bo’lishiga erishish;
- pedagogik talablarning aniq va ravshan bayon etilishi;
- talablarning aniq maqsadga erishishga imkon berishi;
- pedagogik talablarning puxta o’ylanganligi;
- talablarning qat’iy
ifodalanishi;
Образование и инновационные исследования (2022 год №3)
ISSN 2181-1717 (E)
99
http://interscience.uz
- talablarning o’quvchilari tomonidan inobatga olinishiga erishish;
- pedagogik talablarning o’quvchilar tomonidan bajarilish sifatini nazorat va tahlil qilib
borish;
- umumiy o’rta ta’lim muassasalari ham oilalarda bolalariga nisbatan qo’yiladigan
pedagogik talablarning bir xil bo’lishiga erishish.
Oila va umumiy ta’lim maktabida o’quvchilari oldiga qo’yiladigan pedagogik talablarning
bir xilligi ushbu yosh davri o’quvchilari tomonidan ularning ahamiyatini noto’g’ri tushunishlari,
bajarish oqibatlariga nisbatan mas’uliyatsiz yondashishlariga olib keladi. Qo’yiladigan talablarning
qat’iy bo’lmasligi esa, o’quvchilar tomonidan ularning zarur darajada bajarilishiga imkon
bermaydi. Shuningdek, o’quvchilarning pedagogik talablarni bajarishga bo’lgan imkoniyatlarini
pasaytiradi. Ko’p hollarda esa pedagogik talablar bajarilmay qoladi. O’qituvchilar
va ota-
onalar tomonidan qo’yilayotgan talablar mutlaqo bajarilmagan holatlarda tegishli choralarni
ko’rish pedagogik jihatdan to’g’ri sanaladi. Pedagogik talabning bajarilmasligi va uning oqibati
uchun mas’ul shaxslarning e’tiborsizliklari navbatdagi talablarning ham bajarilmasligi uchun
“zamin” yaratadi. Oqibatda o’quvchilarda sekin-asta har qanday faoliyatni bajarishga nisbatan
mas’uliyatsizlik, intizomsizlik va tartibsizlik kabi xislatlar shakllanadi. Pedagogik talablarni
qo’yishda ularning o’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishdagi imkoniyatini
ham inobatga olish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarining umumiy o’rta ta’lim maktablarida
“O’quvchilar qoidasi” talablariga qat’iy va izchil rioya
qilishlari ularda intizomlilik, tartiblikni
tarbiyalashi bois tashkilotchilik sifatlarini shakllanishi uchun muhim qadam sanaladi.
Dostları ilə paylaş: