Imlo qoidalari (o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)



Yüklə 416,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix09.03.2023
ölçüsü416,21 Kb.
#87093
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Asosiy imlo qoidalari

 
 
 
“IMLO QOIDALARI”GA ILOVA 
 
O‘zbek kirill alifbosidagi ayrim harf va belgilar o‘zbek lotin alifbosida 
quyidagicha aks ettiriladi: 
1. ё, ю, я harflari o‘rniga qaysi harflarni yozish ular bajaradigan vazifaga bog‘liq: 
1) ikki tovushni (y+unli) ifodalashga xizmat qilsa, yo, yu, ya harflari yoziladi: 
ёмғир – yomg‘ir, заём – zayom; ютуқ – yutuq, юрист – yurist; яхши – yaxshi, ядро – 
yadro kabi; 
2) o‘zidan oldin kelgan undoshning yumshoq ekanini ko‘rsatishga xizmat qilsa
ikki xil: 
a) asosan bir harf: ё harfi o‘rniga o harfi, ю harfi o‘rniga u harfi, я harfi o‘rniga a 
harfi yoziladi: стажёр – stajor, бюджет – budjet, фляга – flaga kabi;
b) so‘zning talaffuzi keskin o‘zgarib ketmasligi uchun qisman ё harfi o‘rniga yo 
harflari, ю harfi o‘rniga yu harflari, я harfi o‘rniga ya harflari yoziladi: плёнка – 
plyonka, бюрократ – byurokrat, славян – slavyan kabi. 
Demak, ё, ю, я harflarini ikkinchi vazifasida qanday yozish bo‘yicha aniq qoida 
berib bo‘lmaydi, bunday harf qatnashgan so‘zning to‘g‘ri yozilishi “Imlo lug‘ati”da aks 
ettiriladi. 
2. ь belgisi: 
1) undosh tovushning yumshoqligini ko‘rsatsa, yozilmaydi: альбом – albom, 
апрель – aprel kabi; 
2) ayirish belgisi vazifasini bajarsa, ikki xil: 
a) ю, я, е harflaridan oldin kelganda tushirib, harf o‘rniga yu, ya, ye harflari 
yoziladi: интервью – intervyu, фортепьяно – fortepyano, премьера – premyera kabi; 
b) o, u harflaridan oldin kelganida belgi o‘rniga y harfi yoziladi: павильон – 
pavilyon, Ильин – Ilyin kabi. 
3. ъ belgisi: 
1) rus tilidan olingan so‘zlarda tashlanib, undan keyin kelgan е, ю harflari o‘rniga 
ye, yu harflari yoziladi: разъезд – razyezd, адъютант – adyutant kabi;
2) arab tilidan olingan so‘zlarda bu belgi tutuq belgisiga almashtiriladi: маъно – 
ma’no, санъат – san’at kabi. 
4. 
Yüklə 416,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin