66. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf
bilan boshlanadi:
Dilbar O‘rinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza
Hakimzoda, Muhammadsharif So‘fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat;
Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov kabi.
67. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi:
Andijon, Yangiyo‘l (shaharlar)
,
Naymancha, Buloqboshi (qishloqlar)
, Bodomzor, Chig‘atoy (mahallalar)
, Zavraq (dara)
,
Yarqoq (yaylov)
, Qoratog‘, Pomir (tog‘lar)
, Oqtepa, Uchtepa (tepalar)
, Zarafshon,
Sirdaryo (daryolar)
, Yoyilma (kanal)
; Turkiya, Hindiston (mamlakatlar) kabi. Bunday
atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi:
Shimoliy Kavkaz, Markaziy
Qizilqum kabi.
68. Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf
bilan boshlanadi:
Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi),
Tinchlik dengizi
(Oydagi relyef nomi) kabi.
Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bo‘lib
kelgandagina bosh harf bilan yoziladi:
Yer Quyosh atrofida,
Oy Yer atrofida aylanadi.
69. Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asarlariga,
sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport inshootlariga
qo‘yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi:
“Tong” (mehmonxona),
“Saodat” (firma),
“Navro‘z” (xayriya jamg‘armasi),
“Kamalak” (matbaa birlashmasi),
“G‘uncha”
(bog‘cha),
“Botanika” (sanatoriy),
“Paxtakor” (stadion),
“Qutlug‘ qon” (roman),
“Dilorom” (opera),
“Tanovar” (kuy),
“Ozodlik” (haykal),
“Jasorat” (yodgorlik),
“Sino” (sovutgich) kabi.
70. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh
harf bilan boshlanadi:
Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami
kabi.
71. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro
tashkilotlarning nomidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi:
O‘zbekiston
Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi.
Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi so‘zgina bosh harf
bilan boshlanadi:
Bosh vazirning o‘rinbosari, Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi,
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi.
Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi so‘z
bosh harf bilan boshlanadi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi,
Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi.
72. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so‘z bosh harf
bilan boshlanadi:
“O‘zbekiston Qahramoni” (unvon),
“Oltin Yulduz” (medal). Boshqa
mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so‘zgina bosh harf bilan
boshlanadi:
“Sog‘lom avlod uchun” (orden),
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi” (faxriy unvon),
“Matbaa a’lochisi” (nishon) kabi.
73. Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi.
Yer tagidan Muqaddasga
bir qarab oldim (O. Yoqubov).
Dostları ilə paylaş: