Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning max
Radial immunodifluziya usulida qon zardobi tarkibidagi asosiy (IgM, IgG, IgA) aniqlash.
Metodik ko'rsatma Tirik mavjudotlarda immunitet evolyutsiyasi o'rtacha 500 million yildan beri shakllanib kelmoqda. Tabiatning bu mo'jizasi o'zining tabiiy uyg'unligi, maqsadga muvofiqligi bilan ajralib turadi. Turli yo'nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlar bizga immunitetning qonuniyatlarini va uning funksional xususiyatlarini ochib berdi va "Tibbiyot immunologiya" sini shakllantirdi. Yildan-yilga jadal rivojlanayotgan tibbiyotning bu yo'nalishida ko'plab kashfiyotlar qilinmoqda. Afsuski hozirgi kunga qadar biz uchun asosiy bo'lgan immun sistema nima uchun kerak, degan savolga to'liq javob olingani yo'q. Mantiqiy qaraganda, immunitet bizni yuqumli kasallik agentlaridan - bakteriya, virus, sodda jonivor, zamburug'lardan va organizm uchun begona bo'lgan har qanday genetik omillardan himoya qiladi. Lekin nima uchun immunitetga o'ta yuqori darajadagi maxsus aniqlash tizimi zarur, ya'ni antigen begonaligini aniqlashdan tashqari, oqsil strukturasi va uning tarkibidagi aminokislotalar ham maxsus aniqlanishdan chetda qolmaydi. Immun sistemaning bu o'ta maxsus "sezgirligi" shuning uchun zarur ekanki, immunitet, birinchi navbatda, organizmni "o'ziniki" yoki to'g'rirog'i "begona" bo'lgan "o'ziniki" dan himoya qilar ekan. Chunki bizning organizmimizda har kuni millionlab mutant hujayralar hosil bo'ladi va bular ko'plab defektli biomolekulalar sintez qilinishi oqibatida organizmdagi moddalar almashinuvini tormozlashi va eng xavflisi bu mutantlar o'sma hujay- ralariga aylanishi mumkin. Yuqoridagi aytilganlardan kelib chiqib, hozirgi kunda immun sistemaning asosiy vazifasi - organizmning ichki strukturasi tozaligini, ya'ni gomeostazning doimiyligini saqlashdan iboratdir, deb tushuniladi. Inson organizmi oldiga qo'yilgan bu o'ta murakkab vazifani immun sistema amalga oshiradi. Shuning uchun bu sistema organizmning hamma to'qima, suyuqliklari va ularning tarkibi, hujayralarga kira olish xususiyatiga ega bo'lishi zarur. Odam immun sistemasi limfatik va qon sistemasi birlashishidan tashkil topgan (61-rasm). Markaziy organ-ayrisimon bez (timus), suyak ko'migi va periferik organlar - taloq, limfatik tugun, Peyer pilakchasi va limfoid yig'ilmalarda limfotsitlarning ko'payishi va shakllanishi ro'y berib turadi. O'z navbatida, suyak ko'migi o'zak hujayralarning paydo bo'lish manbasi bo'lib, bu hujayralardan immunokompetent hamma hujayralar (T va В limfotsitlar, fagotsitlar, tabiiy killerlar va boshqa hujayralar) shakllanadi. Taloq qonni, limfatik tugunlar esa to'qima suyuqligi va limfani filtrlaydi. Shuning uchun organizm suyuqliklarida paydo bo'lgan har qanday "begona" biomolekulalar darhol aniqlanadi va ular organlarda neytralizatsiya qilinadi. Bu jarayonda fagotsitlar, normal antitela, komplement. monooksidaza sistemasi fermentlari va boshqa faktorlar qatnashadi. Agar organizmga antigenlar ko'p miqdorda tushsa, yana ular ko'paysa, (infeksion agentlar, o'sma hujayralari), nospetsifik himoya sistemasini kurashishga kuchi yetmasa, bu jarayonga organizmda maxsus himoya sistemasidagi yuqori maxsuslikka ega bo'lgan limfotsit va