Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning max
absolyut miqdori 1736 x 57 : 100 = 989 1 mkl ga teng. Qolgan limfotsitlarning absolyut miqdori ham shunday usulda hisoblab topiladi. Radial immunodiffuziya usulida qon zardobi tarkibidagi asosiy IgM, IgG, IgA aniqlash. 45-50°C gacha sovutilgan agarozali gelga ma'lum konsentratsiyada IgM, IgG yoki IgA ga qarshi immun zardob qo'shiladi va oyna yuzasiga quyiladi, qotgandan so'ng unda chuqurchalar qilinadi. Tekshirilayotgan zardob suyultirilib, har bir suyultirilgan namunalardan chuqurchalarga tomiziladi. Agarga shimilgan immunoglobulinlar globulinlarga qarshi antitelalar bilan pretsipitatsiya halqasini hosil qiladi (65-rasm). Pretsipitatsiya halqasining diametri qon zardobi tarkibidagi immunoglobulinlarning konsentratsiyasiga to'g'ri proporsional. Qon zardobidagi immunoglobulinlar ko'rsatkichi immun tizimdagi B-limfotsitlarning funksional aktivligini bildiradi. Teri-allergik sinamasini qo'yish va baholash. Maxsus individual sensibilizatsiyani (sezuvchanlikni) aniqlash uchun sil, brutsellyoz va boshqa allergenlarni tirnab teriga kiritiladi (66a-rasm, yuqorida) va teri orasiga (66b-rasm, pastda) qo'yiladi. Masalan, Mantu reaksiyasini qo'yishda, tuberkulin shprisi bilan teri orasiga tuberkulinning ma'lum konsentratsiyasi yuboriladi. Reaksiya 24-48 soatdan so'ng qizarish darajasiga ko'ra aniqlanadi. Sinama yuborilgan joyda qizarish (papula) yoki infiltratning kattaligi 5 mm bo'lsa +, 1 sm gacha ++, 1 sm va undan katta +++ bo'lsa reaksiya musbat hisoblanadi hamda vezikulalar va limfangitlar borligi bilan ham aniqlanadi (66-rasm). Yuqumli va boshqa allergik kasalliklarda teri-allergiya sinamasi qo'yiladi. Allergik sinamalar
66-rasm. Skarifikatsion allergik teri sinamasi (yuqorida). Mantu reaksiyasi (bilakning iehki yuzasi teri orasiga tuberkulin yuborilgan (pastda).