-rasm. Immunokompetent hujayralarni mAT yuklangan eritrotsitar diagnostikum bilan bilvosita rozetka hosil qilish usuli bilan aniqlashning sxematik ko'rinishi
64-rasm. Immunokompetent hujayralarni mAT yuklangan eritrotsitar diagnostikum bilan bilvosita rozetka hosil qilish usuli bilan aniqlashning sxematik ko'rinishi.
fiksatsiya qilinib, bo'yaladi va mikroskopda sanaladi. Bu usulda ham limfotsitlar o'z atrofida 3 yoki undan ko'p eritrotsitlarni biriktirib olsa, rozetka deb hisoblanadi. Umumiy limfotsitlar 100 dan 200gacha sanaladi. Immunokompetent hujayralarni mAT yuklangan eritrotsitar diagnostikum bilan bilvosita rozetka hosil qilish usuli orqali aniqlash sxemasi 64-rasmda keltirilgan. Immunokompetent hujayralarning absolyut ko'rsatkichlari quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi.
Bu yerda: A- 1 mkl qondagi leykotsitlar miqdori B- limfotsitlarning nisbiy miqdori, % Masalan, 1 mkl qonda leykotsitlarning miqdori 6200, limfotsitlar 28% 6200 x 28 : 100 = 1736 ya'ni 1 mkl qonda 1736 ta limfotsitlar bor ekan. Shu formula orqali T va В limfotsitlarning absolyut miqdorini aniqlash mumkin, formuladagi leykotsitlar o'rniga limfotsitlarning absolyut miqdori va nisbiy miqdori o'rniga T yoki В limfotsitlarning nisbiy miqdori qo'yiladi. Masalan, T - limfotsitlar periferik qonda 57% topildi, uning
Antigen konsentratsiyasi (masalan, tekshirilayotgan zaraobdagi IgG) 65-rasm. Radial immunodiffuziya usulida qon zardobi tarkibidagi immunoglobulinlarni aniqlash