Immunobiologik preparatlar odam organizmiga aktiv, passiv, maxsus va nomaxsus ta'sir qilishi mumkin. Aktiv ta'siri deganimizda, preparatlar immun tizim reaksiyasini keltirib chiqara olishi tushuniladi. Bunday xususiyatga asosan tirik, o'ldirilgan mikroblardan tayyorlangan vaksinalar va anatoksinlar ega bo'ladi. Passiv ta'siri deganimizda, preparatlarning effekti asosan immunokompetent hujayralarni effektor mahsulotlarini kuchaytirishga qaratiladi. Bunday ta'sirga sitokinlar va boshqa immunobiologik preparatlar egadir. Maxsus ta'siri, ma'lum bir aniq yuqumli kasallikdan himoya qilishda qo'llaniladigan (masalan, silga, qizamiq, qoqshol anatoksin zardobi va boshqalar) preparatlar. Nomaxsus ta'siri, ya'ni preparatlar tanlamasdan immun tizimni, immunokompetent hujayralarni aktivlashtirishi mumkin. Bunday ta'sirga immunomodulyatorlar va biostimulyator preparatlar egadir. Vaksinalar Vaksinalar - immunobiologik preparatlar bo'lib, aktiv immunoprofilaktik maqsadda qo'llaniladi, ya'ni aniq yuqumli kasallikka nisbatan organizmni berilmaslik xususiyatini shakllantiradi. Vaksina preparatlari BSB tomonidan yuqumli kasalliklarni oldini olishda ideal usul deb tan olingan. Vaksinalar quyidagi ko'rinishlarda olinadi: