Stafilokokk aulovaksinasini tayyorlash bosqichlari. O'ldirilgan autovaksina bemor organizmidan bevosita ajratib olingan qo'zg'atuvchi shtammidan tayyorlanadi: Stafilokokk qiyalantirilgan oziqli agarga ekiladi.
O'stirilgan kulturaning tozaligi (mikroskop ostida surtma tayyorlab) tekshiriladi.
Mikrob hujayrasining birlamchi suspenziyasi natriy xloridning 5 ml izotonik eritmasi bilan yuvib tayyorlanadi.
Bakteriya suspenziyasi 70-80° С da bir soat davomida suv hammomida qizdiriladi.
Qizdirilgan suspenziyani oziqli muhitga ekib, uning sterilligi tekshiriladi.
Optik standart yordamida vaksinalar standartlanadi: 1 ml qizdirilgan mikrob suspenziyasi natriy xloridning ma'lum miqdoridagi steril izotonik eritmasi bilan suyultiriladi, quyqaligi optik standart bilan solishtiriladi - 1 mlrd/lml; bakteriya suspenziyasining qolgan qismiga natriy xloridning izotonik eritmasidan tegishli miqdorda qo'shilib suyultiriladi.
Flokkulatsiya reaksiyasi. Toksin yoki anatoksinning toksinga qarshi zardob bilan o'zaro birlashishi natijasida parcha-parcha flokkulat cho'kmasi hosil bo'ladi (67- rasm). Antigen va antitela ekvivalent nisbatda bo'lgan probirkada flokkulatsiya («initsial») erta sodir bo'ladi va yaqqol ko'rinadi. Reaksiya 2 ta bosqichda qo'yiladi: 1. Standart qon zardobi yordamida toksinning 1 ml dagi Lf (Limes flocculationis) soni aniqlanadi. Lf toksini, uning miqdori, ya'ni («initsial») flokkulatsiya bera oladigan xalqaro birlik (XB) bilan aniqlanadi. Toksin kuchi aniqlangach, zardob kuchi aniqlanadi.