«hadis biluvchi», «hadis aytuvchi» degani.
Payg‘ambarimizning so‘zlari.
Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda, oldindagi boshlab boruvchi imom bo‘ladi. Demak, Buxoriy barcha muhaddislarning eng oldingi qatorida turgan, hammalari tomonidan tan olingan ustozidir.
MUHADDIS HADIS IMOM
Imom Buxoriyning ilmiy-ma’naviy merosi
Imom Buxoriyning ilmiy-ma’naviy merosi
Manbalarda keltirilishicha, Imom Buxoriy o‘z ijodiy faoliyati davrida yigirmadan ortiq asarlar yaratgan.
1. “Al-Adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”). Imom Buxoriyning odob- ahloq xususidagi eng sahih hadislarni o‘zida mujassam etgan ushbu asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir.
2. “Kitob al-kuna” (“Kunyalar haqida kitob”), Azaldan muhaddislar o‘rtasida roviylarni qator hollarda asl ismlari bilan emas kunyalari bilan atash odat bo‘lgan. Bu hol o‘z navbatida roviylarni bir-biri bilan almashtirib yuborilishiga, oxir-oqibatda xatoga olib kelgan.
3. “Kitob al-Favoid” (“Foydali ashyolar haqida kitob”). Imom Buxoriyning
ushbu ta’lifi Imom Termiziyning “Al-Jome” nomli asarining “Kitob al-manoqib”
qismida zikr etilgan.
4. Juz’ raf’ al-yadayn ( “Ikki qo‘lni ko‘tarish haqida”), Ushbu asarda namozda ikki qo‘lni ko‘tarishga oid hadislar jamlangan bo‘lib qo‘lni ko‘tarmaslikka oid rivoyatlar bilan bahs yuritiladi.
5. “At-Tarix al-kabir” (“Katta tarix”). Ushbu “at-Tarix” asarini Imom Buxoriy o‘n sakkiz yoshida Madinai-munavvaradagi al-Masjid an-Nabaviy (“Payg‘ambar masjidi”)da yaratgan.
6. “Kitob az-zuafo as-sag‘ir” (“Zaif roviylar haqida kichik kitob”).
Nusxasining adadi va istifoda etilishi jihatidan Qurʼoni karimdan keyingi oʻrinda turgan bu asarning shunchalik yuksak darajaga yetganining sababi nima? Islom olamida “as-Sahih”, “al-Jomeʼ as-Sahih”, “Sahihul Buxoriy” nomlari bilan mashhur – ikki dunyo saodatiga eltuvchi yoʻl boʻlgan bu kitobning yozilish tarixiga va uslubiga bir nazar solsak.