Vol. 25 (2022): Miasto Przyszłości
169
Miasto Przyszłości
Kielce 2022
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
IX - XII Asrlarda Movarounnahr va Unga Tutash О‘lkalardagi
Etno-Madaniy Jarayonlar
Ahmadjonov Ahrorbek
1
Annotatsiya: Ushbu maqolada sharq uyg’onish davri(IX-XII asrlar)dagi Movarounnahr va unga tutash o’lkalardagi
xalqlarning etnosi, madaniyati haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Ilk o’rta asrlar,
Markaziy Osiyo, Movarounnahr, so’g’diylar, qoraxoniylar, arablar, Farg’ona, Kesh
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining etnik va madaniy taraqqiyoti uchun katta axamiyatga molik bo‘lgan bir
necha viloyatlar mavjud edi. Farg‘ona, Usrushona, Shosh, So‘g‘d, Kesh, Nasaf, Toxariston, Xorazm shular jumlasidan.
Markaziy
Osiyo xalq-larining, jumladan o‘zbek xalkining shakllanish jarayonida Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Sirdaryoni
o‘rta va
kuyi oqimlarida, unga tutash cho‘llarda yashagan etnoslarning ham roli oz bo‘lmagan albatta. Bu xududlar ko‘p
asrlik tarixiy davrlarni o‘tib, qanchadan-qancha etnik uyushmalarni, davlatlarni, qirg‘in urushlarni, bosqin va talonchilikni
kechirgan. Uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy sharoitga qarab, har bir xududning aholisi, uning etnik tarkibi va o‘ziga
xos iktisodiy va madaniy hayoti shakllangan. Shu bilan bir vaktda mazkur o‘lkalar iktisodiy, madaniy va etnik jihatdan bir-
birlari bilan doimo uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan.
Markaziy Osiyo xalkdarining tarixiy iqboli ham deyarli bir xilda kechgan. IX—X asrlarda Markaziy Osiyo xududlarining
etnik tarkibi bir tekisda bo‘lmagan. Tilga olingan viloyatlarning asosiy xalqi, yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, qadimdan
turg‘un yashab, dehqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan. So‘zsiz IX—X asrlarda bu
aholining katta kismi turkiyzabon xalklar bo‘lgan. Vohalarda turkiy xalkdar bilan yonma-yon, ko‘p hollarda aralashib tojik
xalqi ham yashagan. Arab istilosidan keyin ayrim viloyatlarda turg‘un bo‘lib, arablar va etnik
guruxdar ham joylashib
qolgan. Turkiyzabon aholining ma’lum qismi ilk o‘rta asrlarda ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi va yarim o‘troq hayot
kechirib, xo‘jaligida chorvachilik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Chorvador va o‘troq xalklar doimo bir-birlari bilan
iktisodiy va madaniy aloqada bo‘lib kelganlar.
Movarounnaxr xududida mavjud bo‘lgan viloyatlarning barchasi IX—X asrlarda iktisodiy va
madaniy jihatdan taraqqiy
etgan, hosildor yerlari, mevalari serob bo‘lgan. Al-Istaxriy (IX asrning ikkinchi yarmi — X asrning birinchi yarmi)
o‘zining «Masalik al-mamalik» ismli jug‘rofiy asarida «So‘g‘dda, Usrushonada, Farg‘onada va Shoshda (Choch) shu
darajada serobgarchilikki, ular (viloyat aholisi) hayvonlarini meva berib boqadilar», deb yozgan edi. Istaxriy bu so‘zlar
Osiyoning ko‘p viloyatlarida bo‘lib ularning geografiyasini o‘rganish bilan bir vaktda tabiatining, kishilarining hayoti bilan
ham tanishgan, hamda Movarounnaxr sharoitini boshqa xududlar bilan solishtirib shu xulosaga kelgan bo‘lishi kerak. Arab
va fors tilli manbalarda kayd etilgan ma’lumotlardan, o‘sha davrlardagi Movarounnaxr viloyatlarining ichida eng ko‘p
nufuzli hudud Farg‘ona vodiysi bo‘lganligini tushunib olish qiyin emas. X asr Farg‘ona viloyatida 40 ta shahar bo‘lgan.
Uning poytaxti shu davrlarda Axsikent bo‘lib, shaharning kattaligi (aylanmasiga) 3 farsang masofaga cho‘zilgan bo‘lib,
uning ichida bog‘, kanallari va bir qancha xrvuzlari borligi qayd etilgan. Axsikentning atroflarida (devordan tashqarisida)
ham bog‘lar, daraxtzorlarning mo‘lligi va ular bir-birlaridan uzilmasdan 2 farsang masofagacha cho‘zilib ketgan, deb
ta’riflanadi.
Farg‘onada Axsikentdan tashqari yana bir kancha shaharlarning nomlari qayd etilgan. Vodiydagi shaharlarning ichida eng
yiriklari sog‘lom shaxar Quba (hozirgi Quva), O‘sh, O‘zgan edi. Bu shaharlarning ichida va atroflarida bog‘- rog‘lar va
kanallar mavjudligi ta’kidlab o‘tilgan. Farg‘ona vodiysida qishloqlarning mo‘lligi va kattaligidan bu xududda IX— X
asrlarda o‘troq aholining birmuncha zich joylashganligidan dalolat beradi. So‘zsiz turg‘un
aholining vodiyda bu qadar
ko‘pligi avvalo, mazkur hududning tabiiy va iqtisodiy jihatdan boyligi bo‘lsa kerak. Arab va fors tilida yozilgan tarixchi va
geograflarning aytganlarini xisobga olib IX-X asrlarda Farg‘ona vodiysida turg‘un yashovchi aholining 1,5 mln. deb
taxmin qilish mumkin. Bunga tog‘oldi yaylovlarida, vodiyning shimoli-sharqidagi tog‘li rayonlarida yashovchi
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi kirmaydi. Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qavmlarning soni taxminan 0,5
mln. kishi bo‘lgan desak, shunda Farg‘ona vodiysining aholisi 2 mln. kishi bo‘lib chiqadi. Farg‘ona vodiysining g‘arbiy
chegarasi «Sirdaryoning o‘rta qismidagi viloyatlarga ulanib ketgan. Bu mintaqada (Sirdaryoning o‘rta qismida) Xo‘jand,
Usurshona (Sirdaryoning chap sohilida) va Shosh vohasi joylashgan. Farg‘onadan Usrushonaga o‘tishda
Movarounnaxrning o‘rta asrlardagi yirik shaharlaridan biri Xo‘jand joylashgan bo‘lib, u IX—X
asrlarda arab
geograflarining ma’lumotlarida alohida viloyat (Xo‘jand viloyatining) markazi xisoblangan. Usrushonaning poytaxt shahri
Bunjiketdan tashqari yana boshqa shaharlar ham tilga olinadi. Shularning ichida eng yiriklari Zomin va Jizzax shahari
hisoblangan. Bu shaharlar Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lganligidan o‘z davrining birmuncha taraqqiy etgan
1
Andijon davlat universiteti, Tarix fakulteti 3-kurs talabasi