Jamiyat dastlab ijtimoiy hokimiyat ya‘ni hamma odamlarning hokimiyati tomonidan
boshqarilgan. Odamlar turli kabilalarga birlashib, usha kabilada yuzaga kelgan muhim
masalalarni birgalikda xal kilgan. Kabila ishlarini boshqarishda hamma ishtirok etgan.
Bu demokratiya ya‘ni xalk hokimiyatining ilk sodda kurinishi - ibtidoiy demokratiya
edi.
Ishlab chikarishning usishi tarakkiyot natijasida asta sekin jaimyatda siyosiy
munosabatlar paydo buldi.
Jamoa hokimiyati (ibtidoiy demokratiya) urniga aloxida odamlar hokimiyati paydo
buldi. Jamiyat boylar va kambagallar, keyinrok boshqaruvchilar va boshqariluvchilarga
bulindi.
Davlatning ibtidoiy urugchilik
jamiyatdan ajralib turadigan
belgilari
quyidagilar;
1.
Davlat paydo bo‗lgan jamiyatda fuqarolar ma‘lum bir xududga birlashadilar.
2.
Davlat o‗z faoliyatini amalga oshirishi uchun murakkab tizimdan tashkil topgan
boshqaruv apparati (kurolli kuchlar, militsiya, sud, proko‗ratura, bojxona va
boshqalar)ga ega bo‗ladi va ana shu boshqaruv tizimi yordamida o‗zining barcha
fuqarolari uchun majburiy bo‗lgan davlat hokimiyatini amalga oshiradi.
3. Davlat hokimiyatini tulakonli amlga oshirish uchun qonunlar va turli normativ
hujjatlar qabul qilinadi. Ya‘ni, davlat mavjud bo‗lgan joyda huquq ham mavjud bo‗ladi.
4.
O‗z faoliyatini yuritish uchun zaruriy harajatlar urnini koplash uchun moliyaviy
manbaalarga ega bo‗ladi. Soliklar va boshqa tulovlar joriy qiladi va ularni yigadi ya‘ni
o‗z byudjetiga ega bo‗ladi.
5.
Davlat o‗z faoliyatini tulakonli tarzda amalga oshirishi uchun o‗z suverentetiga
(mustakilligiga) ega bo‗lishi lozim.
Davlat majbur kilish kuchiga, ya‘ni hokimiyatga ega bo‗lgan, o‗z fuqarolari
shuningdek, xududda istikomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini ximoya
qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga
oshiradigan mustakil siyosiy tashkilotdir.
Dostları ilə paylaş: