Davlat muhofazasiga olingan tarix yoki madaniyat yodgorliklarini qasddan nobud
qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish shunday harakatlar uchun ma‘muriy jazo
qo‗llanilganidan keyin sodir etilgan bo‗lsa eng kam oylik ish haqining 30 barovarigacha
miqdorda jarima yoki 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yohud 6 oygacha qamoq bilan
jazolanadi. (JK, 132-modda
28-BILET
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutloq
vakolatlarini aytib bering.
Oliy Majlis quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini tasdiqlash;
- Konstitutsion, Oliy sudlarni saylash;
- Markaziy bank
raisini saylash;
- O‗zbekiston Respublikasi qonunlarini ko‗rib chiqish va qabul qilish;
- O‗zbekiston Respublikasi davlat budjetini va davlatning boshqa strategik
dasturlarini
qabul qilish. Qonunlar Oliy Majlisga qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‗lgan
organlar tomonidan taqdim qilinadi. Shundan so‗ng Oliy Majlis bu qonunlarni ko‗rib
chiqadi, tuzatishlar kiritadi va qabul qiladi.Qonunchilik tashabbusi huquqiga
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti, o‗z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi
deputatlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‗zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh
prokurori egadirlar va bu
huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga kiritish orqali
amalga oshiriladi.
83- modda.
Oliy Majlis, shuningdek, davlat
organlari va boshqa organlar, tashkilot, korxona,
muassasalar tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiva qonunlarining, Oliy
majlis qarorlarining bajarilishi bo‗yicha nazorat olib borish vakolatiga ega.
Dostları ilə paylaş: