Davlatlar u yoki bu maksadni ko‗zlab, o‗z suverentiteti va mustakilligini saklagan holda
birlashishlari ham mumkin. U holda bunlay ittifok konfederatsiya deyiladi.
Konfederatsiyada yagona xudud yagona fuqarolik bulmaydi. Har bir davlat xalkaro
huquqning teng huquqli sub‘ekti bo‗ladi.
Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat:
-
Mustakil davlatlar muayyan maksadlarga erishish uchun birlashadi;
-
Konfederatsiya mustaxkam bulmagan to‗zilma;
-
Yagona xudud mavjud bulmaydi (konfederatsiyaning hududi uning a‘zolari
bo‗lgan davlatlar hududidan tashkil topadi);
-
Umumiy fuqarolik mavjud bulmaydi;
-
Konfederatsiya a‘zolari undan erkin chikish huquqiga ega bo‗ladilar;
-
Konfederatsiya a‘zolari ittifok hokimiyati qonun hujjatlarini e‘tirof etmaslik yoki
kullamaslik (nulifikatsiya kilish) huquqiga ega bo‗ladilar;
-
Konfederatsiya vakolatiga uncha kup bulmagan masalalarni xal etish kiradi;
-
Konfederatsiya sarmoyasi uning a‘zolarining ixtiyoriy badallaridan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: