boshqarishdagi kullaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi siyosiy tartibot deb
ataladi. Siyosiy tartibot asoslari ikki xil bo‗ladi:
1.Demokratik.
2.Nodemokratik.
Demokratik tartibot
sharoitida insonning siyosiy va fuqarolik huquqlari hurmat
qilinadi. Fuqarolar davlat hokimiyat idoralarini to‗zishda va ularning faoliyatida
faolishtirok etadilar. Demokratik hokimiyatning yagona manbai xalq irodasi
bo‗ladi. «Demokratiya» - yunoncha «xalq hokimiyati» degan ma‘noni anglatadi.
Agar davlatda demokrtik tartibot xukmron bo‗lsa, bu davlatda fuqarolar umume‘tirof
etilgan
huquq va erkinliklardan
tula foydalanadilar, davlat esa ularni har
tomonlama kafolatlaydi va ximoya qiladi.
Demokratik tartibot
belgilari:
1) shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo‗lishi;
2) Inson va fuqaro huquqlari erkinliklarining e‘tirof kilinishi va kafolatlanishi;
3) Davlat boshqaruvi ozchilikning kupchilikka buysunishi tamoyil asosida amalga
oshirishi;
4) Hokimiyat vakolatlarining o‗ulinishi;
5) Ijtimoiy xayotda fikrlar xilma-xilligi (pluralizm),
ijtimoiy-siyosiy
birlashmalarning kupligi;
6)
Qonun ustuvorligi,
Ishtirok etish orqali o‗zlari iloji boricha kuprok a‘zolarini hokimiyat idoralariga
kiritishga harakat qiladilar. Demokratik saylovda galaba kilgan siyosiy partiyalar
hukumatni tuzish va o‗z siyosatini o‗tkazish huquqiga ega bo‗ladilar. Demokratiyaga
zid tartibot - nodemokratik tartibot deb ataladi. Bunday
tartibotda davlat idoralari
demokratik tamoyillar va qoidalarga rioya etmaydilar. Aksincha, ularni doimo yoki tez-
tez bo‗zadilar. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, bunday siyosiy tartibotda fuqarolarning huquq va
erkinliklari poymol etiladi, kupol ravishda bo‗ziladi,ba‘zan juda shafkatsizlik bilan
muxolifat bartaraf etiladi. Ba‘zida esa parlament singari demokratik institutlar yo‗q
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: