Markazdan qochma S.lar (sentrifugalar) da suyuklik ichidagi ogʻirroq zarrachalar va suyuqliklar markazdan qochma kuch taʼsirida ajraladi. Moyni suv va mexanik aralashmalardan tozalash, sutni qaymoq va yogʻsiz sutga ajratishda qoʻllaniladi. Magnit S. foydali minerallarni gʻovak jinslar va keraksiz aralashmalardan ajratish uchun ishlatiladi. Ishi magnit maydonining turli mineral zarralariga turlicha taʼsir etishiga asoslangan. Tindirma S. birbiri bilan aralashmaydigan 2 suyuklikni rezervuarda tindirish yoʻli bilan ajratadi, bunda birbiriga nisbatan pastbaland joylashgan 2 ta truba boʻlib, yuqorisidan yengil, pastkisidan ogʻirroq suyuklik chiqadi.

Bugʻlatish (kimyoda) — eritmalarni qaynatib quyultirish. Bugʻlatishda erituvchining bir qismi bugʻlanib chiqadi. Erituvchining qolgan qismi ham bugʻlatilsa, kristallanish yuz beradi, bunda erigan qattiq moddalar ajraladi. Eritmalarning qaynash temperaturasi doimo erituvchilar qaynash temperaturasidan yuqori boʻladi; bu ayirma temperatura depressiyasi deb ataladi, erigan modda konsentratsiyasi hamda bosim ortishi bilan bu ayirma oshib boradi.