Yog‘lilik – pishloqning asosiy sifatli ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Pishloq ishlab chiqarish uchun korxonaga keltiriladigan sutning yog‘liligi talab etiladiganga qaraganda yuqori bo‘ladi. Shuning uchun sof sut ma’lum bir miqdordagi yog‘sizlantirilgan sut bilan aralashtiriladi, ya’ni me’yorlashtiriladi. Sutni me’yorlashtirish separator-me’yorlashtirgich jihozida olib boriladi. Yoki me’yorlashtirish maqsadida sutning bir qismi separatordan o‘tkazilib qaymog‘i olinadi. Olingan qaymok pasterlangan sof sut yoki yog‘sizlantirilgan sut bilan aralashtirib me’yorlashtiriladi. 72-650S haroratda pasterlanadi

Pishloq sifatiga yomon ta’sir qiluvchi texnik va patogen mikrofloralar, viruslar va bakteriofaglarni yo‘qotish maqsadida sutga issiqlik ishlovi beriladi. Issiqlik ishlovi berilgan sut 5-80S haroratgacha sovutiladi va ikki kungacha saqlab yetiltiriladi. Bu jarayon past haroratda uzoq vaqt saqlash bilan boradi. Bunda kalsiy tuzlarining erishi oshadi, ya’ni kalsiy fosfat kolloidi erigan holga o‘tadi. Sutni yetiltirish vaqtida sut qandini bijg‘itib sut kislotasi hosil qiladigan sut-achitqi bakteriyalari rivojlanadi. Hosil bo‘lgan sut kislotasi kalsiy gidrofosfatining eriydigan degidrofosfatlarga o‘tishiga yordam beradi. Sutni yetiltirish oqsillarning fermentativ parchalanishi bilan boradi. Natijada sutda turli azotli birikmalar miqdori ko‘payadi.