‘,’ belgisi bilan ajratiladi. E’lonlar ‘;’ belgisi bilan tugaydi. O‘zgaruvchi nomi 255 belgidan oshmasligi kerak.
O‘zgaruvchilarni e’lon qilish dastur matnining istalgan joyida amalga oshirilishi mumkin.
Dasturlash tillarida kalit so‘zlar mavjud bo‘lib ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi. Quyida C++ tilining kalit so‘zlarini alfavit tartibida keltiramiz.
C++ tilida: asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.
Protsessor registrlarini belgilash uchun quyidagi so‘zlar ishlatiladi:
_AH, _AL, _AX, _EAX, _BN, _BL, _BX, _EVX, _CL, _CN, _CX, _ESX, _DN, _DL, _DX, _EDX, _CS, _ESR, EBP, _FS, __GS, _DI, _EDI, _SI, _ESI, __BP, SP, DS, _ES, SS, _FLAGS.
Bulardan tashqari «__» (ikkita tag chiziq) belgilaridan boshlangan identifikatorlar kutubxonalar uchun zahiralangan. Shu sababli ‘_’ va «_» belgilarni identifikatorning birinchi belgisi sifatida ishlatmagan ma’qul. Identifikator belgilari orasida bo’sh joy belgisi (probel) ishlatish mumkin emas, zarur bo‘lganda uning o‘rniga ‘_’ ishlatish mumkin.
Misol uchun: silindr_radiusi, aylana_diametri.
Dostları ilə paylaş: |