Include katalogida joylashgan va h kengaytmali fayllar bo’ladi. С++


C++ tilidagi dastur ko‘rinishini quyidagi misol yordamida keltirib o‘tamiz. #include



Yüklə 320,17 Kb.
səhifə2/6
tarix17.09.2023
ölçüsü320,17 Kb.
#144757
1   2   3   4   5   6
2-mavzu. Dasturlash tillarining tuzilmasi.

C++ tilidagi dastur ko‘rinishini quyidagi misol yordamida keltirib o‘tamiz.
#include // sarlavha faylni qo‘shish
int main () // bosh funksiya tavsifi { // blok boshlanishi
cout << “Salom Dunyo! “\n”; // satrni chop etish
return 0; // funksiya qaytaradigan qiymat
} // blok tugashi
Dasturning 1-satrida #include direktivasi bo‘lib, dastur kodiga oqimli o‘qish/yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan iostream.h sarlavha faylini qo‘shadi. Keyingi qatorlarda dasturning yagona, asosiy funksiyasi main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ dasturida albatta main() funksiyasi bo‘lishi shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi.
Dastur tanasida konsol rejimi (Consol – rejimi bu MS DOS oynasi ko’rinishiga o’xshash oyna bo’lib, unda foydalanuvchi dastur tuzuishda faqat dastur kodlari bilan ishlaydi. Graphic interface – rejimida esa faqat tilning kodlari bilangina emas muhitning menyulari, komponentalari bilan ham ishlashi mumkin bo’ladi) da belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo‘llanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan:
cout << ;
Bu yerda sifatida o‘zgaruvchi yoki sintsksisi to‘g‘ri yozilgan va qandaydir qiymat qabul qiluvchi til ifodasi kelishi mumkin (keyinchalik, burchak qavs ichiga olingan o‘zbekcha satr ostini til tarkibiga kirmaydigan tushuncha deb qabul qilish kerak).
cin << a;
Ma’lumotlarni klaviatura yordamida kiritish buyrug’i bo’lib, u ham iostream.h kutubxonasi tarkibidagi funksiya hisoblanadi.


Identifikatorlar va kalit so‘zlar.
Dasturlash tillarida identifikator tushunchasi mavjud bo‘lib, dasturda obyektlarni nomlash uchun ishlatiladi. O‘zgarmaslarni, o‘zgaruvchilarni, belgi (metka), protsedura va funksiyalarni belgilashda ishlatiladigan nom identifikatorlar deyiladi. Identifikatorlar lotin alfaviti harflaridan boshlanib, qolgan belgilari harf yoki raqamlar ketma-ketligidan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Masalan: axc, alfa.
Dasturlash tillarida dastur bajarilishi vaqtida qiymati o‘zgarmaydigan identifikatorlar o‘zgarmaslar deyiladi. O‘zgarmaslar beshta guruhga bo‘linadi – butun, haqiqiy (suzuvchi nuqtali), sanab o‘tiluvchi, belgi (literli) va satr («string», literli satr).

Yüklə 320,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin