Include katalogida joylashgan va h kengaytmali fayllar bo’ladi. С++



Yüklə 320,17 Kb.
səhifə5/6
tarix17.09.2023
ölçüsü320,17 Kb.
#144757
1   2   3   4   5   6
2-mavzu. Dasturlash tillarining tuzilmasi.

Sanab o‘tiluvchi tur: Ko‘p miqdordagi, mantiqan bog‘langan o‘zgarmaslardan foydalanganda sanab o‘tiluvchi turdan foydalanish ma’qul. Sanab o‘tiluvchi o‘zgarmaslar enum kalit so‘zi bilan aniqlanadi. Mazmuni bo‘yicha bu o‘zgarmaslar oddiy butun sonlardir. Sanab o‘tiluvchi o‘zgarmaslar C++ standarti bo‘yicha butun turdagi o‘zgarmaslar hisoblanadi. Har bir o‘zgarmasga (songa) mazmunli nom beriladi va bu identifikatorni dasturning boshqa joylarida nomlash uchun ishlatilishi mumkin emas. Sanab o‘tiluvchi tur quyidagi ko‘rinishga ega:
enum { =, = ,… = } ;
bu yerda, enum – kalit so‘z (inglizcha enumerate – sanamoq);
– o‘zgarmaslar ro‘yxatining nomi;
butun qiymatli konstantalarning nomlari;
– shart bo‘lmagan initsializatsiya qiymati (ifoda).
Dastur ishlashi mobaynida qiymatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan identifikatorga o‘zgaruvchilar deyiladi.
Dasturlash tillarida dastur bajarilishi paytida qandaydir berilganlarni saqlab turish uchun o‘zgaruvchilar va o‘zgarmaslardan foydalaniladi. O‘zgaruvchi-dastur obyekti bo‘lib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. O‘zgaruvchi nomga, o‘lchamga va boshqa atributlarga – ko‘rinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa xususiyatlarga ega bo’ladi. O‘zgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta e’lon qilinishi kerak. E’lon natijasida o‘zgaruvchi uchun xotiradan qandaydir soha zahiralanadi, soha o‘lchami esa o‘zgaruvchining aniq turiga bog‘liq bo’ladi. Shuni qayd etish zarurki, bitta turga turli apparat platformalarda turlicha joy ajratilishi mumkin.
C++ tilida o‘zgaruvchi e’loni uning turini aniqlovchi kalit so‘zi bilan boshlanadi va ‘=’ belgisi orqali boshlang‘ich qiymat beriladi (shart emas). Bitta kalit so‘z bilan bir nechta o‘zgaruvchilarni e’lon qilish mumkin. Buning uchun o‘zgaruvchilar bir-biridan

Yüklə 320,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin