India international scientific online conference the theory of recent scientific research in the field of pedagogy



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162950
  1   2
Ermo‘minova Maftuna G‘ofurovna



INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE 
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 
105 
O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA FORSCHA-TOJIKCHA SO‘ZLARDAN O‘ZLASHGAN 
KASB-HUNAR ATAMALARI 
 
Ermo‘minova Maftuna G‘ofurovna 
TerDPI 2-bosqich magistranti, Termiz ,O‘zbekiston 
 
Anotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek tili leksikasiga fors-tojik tilidan o‘zlashgan ba’zi kasb-hunar 
atamalari haqida ma’lumot keltiriladi.Kasb-hunar atamalarining qo‘llanishi ma’lum nutqiy vaziyatni 
taqazo etadi.Fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan kasb-hunar atamalarining izohi sifatida ma’lum 
misollar keltirilib,uning leksik-semantik jihatidan ahamiyati ushbu misollar yordamida dalillanadi.
Kalit so‘zlar:
o‘zbek tili leksikasi, atama, kasb-hunarga oid yondashuv, leksik –semantik jihat.
Kasb-hunar atamalari sirasida fors-tojikcha atamalar ham ko‘p uchraydi. Soha 
terminonlogiyasida mazkur til birliklarining bo‘lishini tilshunoslarimiz tojik xalqi bilan 
azaldan qo‘shni bo‘lib kelganligimiz deb izohlanadi, shuning uchun o‘zbek va tojik xalalari 
o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari muntazam amalga oshirilganligini aytishadi. O‘zbek tilining 
turli tarixiy davrlarida qo‘llanib kelgan kasb-hunar atamalari sof fors-tojikcha yoki fors-
tojikcha qismga o‘zbekcha yoki arabcha qismlar qo‘shilib hosil bo‘lganlari ham uchraydi. 
Sof fors-tojikcha kasb-hunar terminlarining lingvistik tahlili va tavsifi bilan tanishamiz. 
Abzal-(fors. – asbob, ish quroli) – 1) ishlash, yasashda foydalaniladigan asbob: 
sartaroshlik Abzallari – ustara, qayroq, oyna va boshqa; duradgorlik Abzallari – tesha, 
poytesha, randa, arra va boshqa; 2) ot-arava Abzallari – egar, yugan, bo
ʻ
yinturuq va 
boshqalar
39

Andaza (fors. – o
ʻ
lchov, qolip) – namuna, nusxa. Qog
ʻ
oz, karton va hokazodan 
maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl 
ko
ʻ
chirish uchun ishlatiladi
40

Andava (fors-toj. andova, ando – somonli loy suvash) – suvoq ishlarida suvalayotgan 
sathni tekislash, silliqlash, rax chiqarish uchun ishla-tiladigan quruvchilik asbobi. Asosan 
temirdan (ba’zan, taxtadan) uzunligi 30 – 40 sm, eni 8–10 sm, qalinligi 2 mm, uch tomoni 
ensizroq qilib yasaladi. Yarim yey shaklidagi dastasi bo
ʻ
ladi
41

Kunda-fors-tojikcha.Ustida biror narsani chopish, qirqish uchun qilingan maxsus 
g
ʻ
o
ʻ
la
42

Mirob
-
suv taqsimoti va sug
ʻ
orish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. 
Bastakor-ananaviy ,mumtoz musiqa asarlari ijodchisi;kompazitor.
43
Duradgor-yog‘ochdan imorat va boshqa har xil buyumlar yasovchi hunarmand , usta
44

39
O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil. 
40
O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil. 
41
O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil. 
42
O ‘zbek tilining etimologik lug’ati.Ikkinchi jild. 
43
O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.Birinchi jild.-T-2006. 
44
O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.Birinchi jild.-T-2006. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin