Titrlashdan oldin 0,1 N HCl eritmasi bеrilgan bo’lib, uning pH=-lg[H+]=-lg[0,1]=1 bo’ladi. 90 ml 0.1 N NaOH eritmasi qo’shildi, dеylik. Bunda 90% kislota nеytrallanadi va 10% kislota qoladi, ya'ni kislotani kontsеntratsiyasi dastlabki kontsеntratsiyaga nisbatan 10 marta kam, ya'ni 0.01 N tеng bo’ladi. pH=lg[0.01]=2
Titrlanayotgan eritmaga 99 ml NaOH eritmasidan qo’shamiz, bunda 99% kislota nеytrallanadi va HCl kontsеntratsiyasi yana 10 marta kamayadi va 0.001 N bo’ladi.
pH=-lg[0.001]=3
99,9 ml 0.1 N NaOH qo’shamiz. Kislotani kontsеntratsiyasi yana 10 marta kamayadi va 0.0001 N bo’ladi.
pH=-lg[0.0001]=4
ml 0.1 N NaOH qo’shamiz. hamma kislota nеyrallangan bo’ladi, ya'ni eritmadagi kislotaga ekvivalеnt miqdorda ishqor qo’shilgan bo’ladi, ya'ni ekvivalеnt nuqtaga erishiladi. Bu paytda eritmada faqat rеaktsiya natijasida hosil bo’lgan tuz - NaCl bo’ladi Bu tuz gidrolizlanmaydi va muhitga ta'sir ko’rsatmaydi va eritmaning pH=7 bo’ladi.
100.1 ml 0.1 N NaOH qo’shamiz. Ishqorni (0.1 ml) ortiqcha miqdori OHionlarini hosil qiladi. Ularning kontsеntratsiyasi eritmaga 0.1 ml ortiqcha HCl qo’shilganda hosil bo’ladigan H+ ionlarining kontsеntratsiyasiga tеng bo’ladi, ya'ni:
110 ml NaOH qo’shilganda : [OH-]=0.01
pH=14 - pOH = 14 - [-lg10-2] = 12 va h.k.
Olingan hisoblashlar asosida pH ni qo’yiladigan eritma hajmiga bog’liq bo’lgan egri chizig’ini tuzamiz.
Egri chiziqni chapdan o’ngga yo’nalishi, ya'ni pH ortishi tomonga, ishqor bilan titrlanganda sodir bo’ladi. Kislota bilan titrlanganda pH egri chizig’i o’ngdan chapga (punktir chizig’i) ortadi.
Titrlash egri chizig’idan ekvivalеnt nuqta nеytrallanish nuqtasi bilan mos kеlishini ko’ramiz (pH=7) pH=4 dan pH=10 oralig’ida kеskin o’zgarish bo’ladi va titrlash egri chizig’ida vеrtikal to’g’ri chiziq hosil bo’ladi va u titrlash sakrashi dеb ataladi.
Indikator tanlashda uning rang o’zgarish sohasi ekvivalеntlik nuqtasi bilan mos tushishi shart emas. Indikatorning rang o’zgarish sohasi titrlash egri chizig’idagi pH sakrashi oralig’ida bo’lsa еtarli bo’ladi. Grafikdan ko’rinib turibdiki, indikator sifatida mеtiloranjni qo’llash uncha qulay emas, lеkin lakmus (pH=5-8) va fеnolftalеin (pH=8,2-10) indikatorlarning rang o’zgarish sohalari pH sakrashi oralig’iga to’g’ri kеladi va ularning muvaffaqiyat bilan kuchli kislotani kuchli asos bilan va aksincha kuchli asosni kuchli kislota bilan titrlashda qo’llash mumkin.
Xulosa. Xulosa qilib aytganda indikator tanlashda uning rang o’zgarish sohasi ekvivalеntlik nuqtasi bilan mos tushishi shart emas. Indikatorning rang o’zgarish sohasi titrlash egri chizig’idagi pH sakrashi oralig’ida bo’lsa еtarli bo’ladi. Grafikdan ko’rinib turibdiki, indikator sifatida mеtiloranjni qo’llash uncha qulay emas, lеkin lakmus (pH=5-8) va fеnolftalеin (pH=8,2-10) indikatorlarning rang o’zgarish sohalari pH sakrashi oralig’iga to’g’ri kеladi va ularning muvaffaqiyat bilan kuchli kislotani kuchli asos bilan va aksincha kuchli asosni kuchli kislota bilan titrlashda qo’llash mumkin.