INDIVIDUAL LOYIHANI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Individual loyiha ishining tarkibi
Ish hajmi 30-35 varaq atrofida bo‘lib quydagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak:
•
titul varag‘i(1-ilova);
•
mundarija;
•
kirish (olib boriladigan izlanish masalasini qo‘yilishi);
•
muammoning holatini tahlili;
•
qilingan ish bo‘yicha olingan
natijalar, xulosalar va takliflar;
•
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
•
ilova (mavjud bo‘lsa).
Individual loyiha
ishini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Individual loyiha ishi kompyuterda tayyorlanib hisobot qismini bayon qilish A4 o‘lchamida
va hajmi 30-35 betdan iborat bo‘lishi kerak. Hisobot esa Microsoft Office dasturida (Shrifti Times
New Roman, o‘lchami (kegligi) - 14, Qator va interval oralig‘i: 1,5 (bir yarim)) va hoshiyasi o‘ngdan
1,5 sm, chapdan 3 sm, yuqoridan va pastdan 2 sm qoldirib matn joylashtiriladi. Varaqning
pastki
qismining o‘rtasiga sahifa nomeri qo‘yiladi. Har qanday grafik ma’lumotlar (karta, chizma, sxema,
diagramma, rasm) arab raqamlari va “Rasm” so‘zlari bilan belgilanadi. Nomlanishi - rasm ostida bir
qator qoldirib o‘rtadan qalin harflarda yoziladi.
Masalan:
1-rasm. Rasmning nomi
Rasm matndan yuqori va pastdan bir qator joy qoldirilib ajratiladi. Barcha rasmlarga matnda
havola (1-rasm.) bo‘lishi kerak. Jadvallar nomi
1-jadval. Jadval nomi
shaklida jadvalning o‘ng tepa
qismida o‘rtadan
qalin harflarda
yozilishi kerak.
Kirish.
Bu bo‘limda berilgan vazifa doirasidagi tadbiq sohalari haqida ma’lumot keltiriladi.
Ishning maqsadi yoritiladi. Kirish qismining hajmi 2-3 betdan oshmasligi kerak.
Asosiy qism.
Asosiy qismida berilgan vazifa doirasida mavzuga tegishli ma’lumotlar ko‘rib
chiqiladi hamda ko‘rilayotgan masalaning aniq natijalari (ma’lumotlari) keltiriladi. Bunda berilgan
ma’lumotlar aniq misollar asosida berilishi, statistik ko‘rinishda
chizmalar va rasmlar bilan
to‘ldirilishi lozim. Asosiy qismni yoritishda muallifning fikrlari ham bo‘lishi talab etiladi.
Xulosa
qismida umumiy qilingan ish bo‘yicha asosiy xulosalar keltiriladi va kelajakda
qilinadigan ishlar yoki takliflar ko‘rsatiladi. Hajmi 1-2 bet bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlar
ro‘yxati ishning bajarilishida foydalanilgan ilmiy maqola (mualliflar,
maqola
nomi, qachon va qayerda chop etilganligi), Internet resurslar manzili, monografiya va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati alifbo tartibida yoki chop etilgan yilining o‘sib borish tartibida tuziladi.