Diagnostika bosqichi, birinchi navbatda, bolaga individual pedagogik yordam talab qiladigan vaziyatni qayd etish bilan bogliq.
Ikkinchidan vaziyatning xususiyatlari, bolaning xususiyatlari, shu jumladan uning vaziyatga munosabati ya’ni nafaqat muammoning mohiyatini, balki bolaning muammoga nisbatan pozitsiyasini ham aniqlash muhimdir.
Bundan tashqari, ushbu vaziyatlarda kattalar aralashuv zarurligini oqilona baholashlari kerak. Har qanday vaziyat pedagogik yordamni talab qilmaydi. Aksincha pedagogning eng kichik qiyinchilikda bolani “himoya qilish” istagi bolada infantil pozitsiyani shakllanishga olib kelishi mumkin. Shaxsiy pedagogik yordam ko'rsatish bosqichi bolaning o‘z muammoli holatini anglashi va uni yengishga yordam berishi uchun sharoitlar tashkil etishdan iborat
Pedagog va tarbiyalanuvchining o‘zaro ta’siri quyidagicha amalga oshadi:
- ushbu vaziyatda yordam berish uchun pedagog mavjud bo‘lgan resurslarni aniqlashi;
- pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasida aloqa o‘rnatish;
- muammoli vaziyatni birgalikda aniqlashtirish va pedagogning yordamiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
- tomonlarning manfaatlari va pozitsiyalarini taqdim etish va o‘zaro boglash;
Shaxsiy pedagogik yordam turlari. M. V. Shakurova yordamning bir nechta turlarini ajratib ko'rsatadi va har qanday turda yordamning “foydalilik darajasi” mavjud:
- o‘rnini bosuvchi yordam (bola uchun u yoki bu ishni bajarish:
har qanday hodisa yoki muammolarning sabablarini tushuntirish, mavjud vaziyatdan chiqish variantini shakllantirish, biroq bu yordam eng kam samaradorlikka ega);
- “men kabi qiling” tamoyili bo‘yicha yordam berish yoki namunani takrorlash (o‘qituvchi bolaga xulq-atvor, fikrlash, harakat namunalarini va bola uchun ko'rsatmalarni namoyish etadi; bu erda bolaning ijodiy qobiliyatlarini, individualligini rivojlantirish muammosi paydo bo‘ladi);
- hamkorlik shaklida yordam berish (bolaga tegishli bo‘lgan muammoli vaziyatni birgalikda muhokama qilishdan iborat);
– boshlash (M. Montessori usuli, “men uchun hech narsa qilmasdan o‘zim qilishimga yordam bering, yo‘naltiring, qaror qabul qilishga undang, qolganlarini esa men o‘zim qilaman”);
- oldini olish (pedagog tomonidan bola rivojlanishining salbiy yo‘nalishlarini bashorat qilish, noto‘gri qadamlarning oldini olish, yetarli yechimlarni tanlashda yordam berish).