Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda, ijtimoiy pedagog quyidagi qoidalarga tayanadi: 1. Ijtimoiy-madaniy me’yorni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Inson qadriyatlar, g‘oyalar va boshqa ramziy tizimlar majmuasini o‘zlashtirmay, jamiyatning to‘la qonli a'zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi;
2. Bolalarning ijtimoiy-madaniy va pedagogik qarovsizligi nafaqat bola rivojining gayri me’yoriy alomati, balki uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi;
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy me’yordan, balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo‘lgan boladan kelib chiqishi lozim;
4. Bola reabilitasiyasini amalga oshiruvchi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak. “Profilaktika” atamasi o‘zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi} Ijtimoiy ogishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olib, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa bo‘ladi:
— neytrallashtiruvchi;
— o‘rnini to‘ldiruvchi;
— ijtimoiy ogishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi;
— o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
Bola ijtimoiylashuvidagi muammoli vaziyatlar nafaqat yosh muammosini balki atrof-muhitning salbiy ta’sirini o‘z vaqtida hal qilmaslik natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Reabilitasiya(lot.rehabilitatio-tiklash)- organizmning buzilgan funksiyasini va bemorlar hamda nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklashga qaratilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy chora –tadbirlar majmuidir.
Reabilitasiya chora-tadbirlarini amalga oshirishga keng turdagi vazifalar, oddiy ko‘nikmalardan tortib, insonning jamiyatga to‘liq integrasiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni tizimli hal qilish sifatida qarash mumkin.
Reabilitasiya ob‘ektlariga quyidagilar kiradi:
1.Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar;
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar;
3.Nerv-psixologik sogligi buzilgan bolalar.