Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Tuban umurtqalilar metamorfozi 
To‘garakog‘zlilar, ikki xil nafas oluvchi va suyakli baliqlar hamda amfibiyalar 
lichinkalari jinsiy voyaga yetgan formalardan farq qiladi. Ularning o‘sishi va 
rivojlanishi davrida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Masalan, ikki xil nafas 
oluvchi baliqlar rivojlanishida o‘ziga xos lichinka hosil bo‘ladi. Minoganing tuxum 
qobig‘dan chiqqan lchinkasi-qumteshar jinsiy voyaga yetgan formasidan farq 
qiladi. Ularning stomodeumi ichaklarga yetib bormaydi va lichinka sitomodeumi 
ichaklargacha yetib borguncha sariqlik qoldig‘I bilan oziqlanadi. Bu davrda normal 
jabra bilan nafas olish paydo bo‘ladi, jabra yoriqlari halqumi ochiladi. 
Qumtesharning ko‘zlari kichik, to‘liq taraqiy etmagan, teri ostida yashiringan 
bo‘ladi. Lichinkalik davri 3-4 yil davom etib, ko‘plab o‘zgarishlar sodir boladi. 
Pronefroz mezonefrozga aylanadi. Birlamchi buyrak ham lichinkalik , ham jinsiy 
voyaga yetgan formalarida asosiy ayiruv organi hisoblanadi. Metamorfoz davrida 
qalqonsimon bez asosiy ichki sekretsiya bezi hisoblanadi. Bu bez ichakda hosil 
bo‘lib, halqum bilan aloqasi yo‘qoladi va gormonlarni bevosita qonga quyadi. 
Qumteshar gavdasining oldingi qismi o‘zgaradi, ko‘zi kattalashadi. Boshidagi 
tog‘ay to‘qimasi suyak to‘qimasiga aylanadi, boshining halqum qismi 
differensiallashadi, og‘iz ichida teridan iborat bo‘lgan yangi paypaslagichlar paydo 
bo‘ladi. Bu paypaslagichlardan minoganing tshlari hosil bo‘ladi. Shuning bilan bir 
vaqtda gipofiz bezi ham rivojlanadi. Odatdagi ichakda katta o‘zgarishlar sodir
bo‘ladi va definitive tuzilishiga keladi. Bir birining ustida joylashgan naysimon 
qzilo‘ngach va jabra bo‘lmi hosil bo‘lib, ularning har ikkalasi ham og‘iz
bo‘shlig‘iga ochiladi. Metamorfoz davrida qo‘shilib ketgan yelka va qorin suzgich 
qanotlaridan yelka , dum va qorin suzgich qanotlar hsil bo‘ladi. Sariqlik haltasi va 
uning kanali yo‘qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin