Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Assidiyalar metamorfozi
Assidiya lichinkasi tashqi ko‘rinishi bilan itbaliqqa o‘xshaydi. U oldingi 
yo‘g‘on va ingichkalashgan dum qismlardan iborat. Dumining qisqarishi tufayli 
harakatlanadi (112-rasm). Lichinkaning gavdasida ikki guruppa organlar 
lichinkalik va definitive organlar farqlanadi. Lichinkalik organlariga xorda, nerv 
nayi va gangliya tugunidan iborat bo‘lgan nerv sistemasi, ko‘zi va sitatolit, 
shuningdek, hordaning ikki yonidagi lentasimon muskuli kiradi. 
112-rasm. Assidiya (Cione intestinalis) metamorfozi (E.Korshelt, 1936 bo‘yicha).
1-yopishuv organi; 2-endostil; 3-statolit; 4-ko‘z; 5-tomoq; 6-xorda; 7-bosh miya; 
8-nerv nayi; 9-dum; 10-oral sifon; 11-gangliya; 12-atrial sifon; 13-jabra bo‘limi; 
14-qizilo‘ngach; 15-oshqozon; 16-ichak. 
Lichinkaning substratga yopishuv va bezli organlari ham bo‘ladi. Lichinkaning 
definitive organlariga nafas olish organi, ichaklar, teri qavati, yurak va boshqa 
organlar kiradi. Lichinkalik organlari asosan dunda , definitive organlar esa 
gavdaning tana qismida joylashgan. Demak, definitive organlar lichinkalik davrida 
to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Assidiya lichinkasi oziqani tashqaridan qabul qila 
olmaydi va faqat turning tarqalishini ta‘minlaydi.
Assidiya lichinkasining suvda suzb yurishi ikki uch kundan oshmaydi. Bir 
necha soatdan keyin substratga yopishadi va nerv sistemasi, xordasi va muskullari 
bir biridan ajraladi. Lichinkaning nerv sistemasidan ozgina hujayralar to‘plami 
qoladi va ulardan definitive nerv gangliyasi hosil bo‘ladi. Ichki organlar ham 
o‘zgaradi. Masalan, lichinkalik davrida og‘iz va anal teshigi elka tomonda, ya‘ni 
yuqoriga qarab ochilgan bo‘ladi. Substatga yopishgandan keyin yon tomonga 
qarab ochiladi (113-rasm).


230 
113-rasm. Assidiyaning itbaliqsimon lichinkasining metamorfozi (R.Barns, 1980 
bo‘yicha). 
Keyin 2-3 kun ichida ichki organlar shunday joylashadiki, bu teshiklar yana 
yuqoriga qarab ochiladi. Shunday qilib, definitive organlar ba‘zan metamorfoz 
oxirida bazan bir necha haftadan keyin faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu hodisa 
organlarning lichinkada qanday darajada rivojlanganligiga bog‘liq. Assidiya 
metamorfozida lichinkalik va definitive organlarning farqi va nisbatan bir biriga 
bog‘liq emasligi diqqatga sazovordir. Definitv organlar rivojlanishi bir tekis 
davom etadi va metamorfoz bu jarayonning tezlashuviga ta‘sir etmaydi. Shuning 
uchun assidiya metamorfozni katastrofik va nekrobiotik metamorfoz deb atash 
mumkin. Ta‘kidlash lozimki, lichinkaning dumi bilan birgalikda xordalilar uchun 
xos bo‘lgan ayrim boshqa belgilar ham yo‘qoladi. Shunday qilib, assidiyalar 
metamorfozining asosiy xususyati ularning o‘troq holatga o‘tishi va shu bilab 
bog‘liq bo‘lgan organizmning soddalashuvi hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin