Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

2.
 
Gipermorfoz –humermorfhosiz (grekcha giper- yuqori, morfioz –shakl). 
Bunday hayvonning lichinkalik davri uzoq vaqt davom etadi. Shuning uchun ba‘zi 
olimlar gipermorfozni chala va to‘liq metamorfozlarninmg oraliq 9ormasi bo‘lib, 
evolyusiya jarayonida to‘liq o‘zgarishli rivojlanish gipermorfozdan kelib chiqqan, 
deb hisoblaydilar. Rivojlanishning bu turi teng qanotli hasharotlar turkumining oq 
qanotlilar ,qalqondorlatr oilalariga, tiripislar turkumiga hosdir. Ular lichinka 


224 
fazasining oxirida tinch xolatga o‘tadi, ya‘ni ovqatlanmaydi, harakatlanmaydi. 
Bunday holatni yolg‘on g‘mbak yoki g‘umbak ham deyiladi. Bunday lichinka 
ko‘pincha nimfa deyiladi. Bu lichinka va tinch nimfa bir buiriga o‘xshashligi bilan 
to‘liq o‘zgarishli hasharotlarning lichinka va g‘umbagidan farq qiladi. Shuning 
uchun gipermorfozni chala o‘zgarishli rivojlanishning cho‘zilgan- uzaygan 
yo‘nalishi deb atasa ham bo‘ladi.
 
B.
To‘liq o‘zgarish yo‘li bilan rivojlanish yoki to‘liq metamorfoz- galo 
metamorfoz( Holometomorposis). Bunday rivojlanishda tuxumdan chiqqan 
lichinka tashqi va ichki tuzulishiga ko‘ra ota ona formalariga mutloqo o‘xshamaydi 
.bunday lichnka chin lichinka yoki qurt deb ataladi va ba‘zi lichuinkaga xos 
organlarning mavjudligi, jinsiy voyaga yetgan davrdagi organlarning yo‘qligi bilan 
farq qiladi .bunday rivojlannishda ba‘zi hasharotlar, amfibiyalar rivojlanishi misol 
bo‘ladi. 
Metamorfoz 
davrida hayvonning hayottarzini o‘zgartrishi (bulutlar, 
kovakichlilar, mshamkalar, assidiyalarda planktyon hayot kechirishdan o‘troq 
holatga o‘tishi, sakkulinalardan erkin yashashdan parazidlikka o‘tish ), 
yashashmuhitini o‘zgartirishi (amfibiyalarda suvdan quruqlikka o‘tishi) 
kuzatiladi.ekologik muhitning o‘zgarihi ba‘zan hayvonlar filogeneziga ham ta‘sir 
etadi. Shunuing bilan birgalikda katta biologik ahamyatga ega. Jumladan, o‘troq 
hayvonlarning plankton lichinkalari yoki parazd hayvonlarning erkin yashaydigan 
lichinkalari hayvonning tabiatda tarqalishini ta‘minlaydi. Shuning uchun 
lichinkalarning tuzilishi va hayoti palingenetik va senogenetik xususyatlarga ega. 
Masalan, ninatanllarning lichinkalari uchun xos bo‘lgan bilaterial simmetriya va 
uch juft selomik xalta moslanishi uchun emas, balki ularning evolyusiya jarayonida 
bilaterial simmetrik uch segmentli hayvonlardan kelib chiqqanligini bildiradi. 
Dengiz yulduzlarining uzun kipriklari, goloturiyaning uzun ko‘llari plankton hayot 
kechirishi munosabati bilan ikkilamchi paydo bo‘lgan hodisa, deb qaralmog‘ 
kerak. 
Metamorfozli rivojlanish hayvonot olamida keng tarqalgan hodisa 
hisoblanadi. Soda tuzilgan bulutlar, kovakichlilar metamorfoz yo‘li bilan 
rivojlanganligi uchun ba‘zi olimlar metamorfoz ko‘p hujayralilar ontogenezida 
dastlab paydo bo‘lgan hodisa deb hisoblaydilar (I.I.Ejikov 1939, A.A.Zaxvatkin 
1949). 
Evolyusiya jarayonida ko‘plab hayvonlar metamorfozli rivojlanishdan 
to‘g‘ri rivojlanishga o‘tgan. Bu jarayon tuxumda sariqlik moddasining ko‘proq 
to‘planishi tufayli hayvon ontogenezining ma‘lum qismi tuxum po‘stining ichida 
o‘tishiga imkon yaratilgan. Natijada lichinkaning embrionizasiyasi, ya‘ni erkin 
hayot kechirishdan embirional rivojlanishga o‘tgan,lichinka uchun hos bo‘lgan 
tuzilishning hammasi yo‘qolgan, rivojlanish yo‘nalishi soddalashgan chunki 
lichinkaning qayta ko‘rilishi yo‘qolgan. Tuxumdan ota onasiga o‘xshaydigan 
kichik hayvon chiqadi. Ammo meta morfoz ikkinchi marta paydo bo‘lgan xolatlar 
ham uchraydi. Masalan, hasharotlarning to‘liq o‘zgarishli metamorfozi ikkilamchi 
paydo bo‘lgan hodisadir. Berleze Ejikov nazariyasiga ko‘ra, hasharotlarda bu 
hodisa tuxumda sariqlik moddasining kamayishi munosabati bilan paydo bo‘lgan. 


225 
Chunki oziq modda kamligi tufayli embrional rivojlanish davrida jinsiy voyaga 
yetgan davr uchun hos bo‘lgan organlar to‘liq shakllanmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin