Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

B.
 
Protometaboliya yoki protomorfoz (grekcha protos- birinchi, morfoz –
o‘zgarish). Bundatuxumdan chiqqan yoki tug‘ilgan yosh hayvon ota onasiga 
o‘xshaydi, ammo gavdasi bosh , ko‘krak va qorin qismlarga ajralmagan bo‘ladi. 
Taraqiyot jarayonida po‘st tashlab, gavdasi qismlarga ajraladi. Tuban birlamchi 
hasharotlardan oyoq dumliolar yoki poduralar (Podura) yoki(Collembola), 
dipluralar yoki dumlilar (Diplura), qildumlilar(Thusanura), ba‘zi kunlilar 
(Ephemeroptera) va boshq2a hayvonlar rivojlanishi protomorfozga misol bo‘ladi. 
Protometaboliyaga epimorfoz sinonimdir. Hozirgi adabiyotlarda epimorfoz termini 
qo‘llanilmaydi.
 
2.Metamorfoz yo‘li bilan rivojlanish (grekcha metamorfozis- o‘zgarish). 
Tuxumdan chiqqan lichinka yoki nimfa anatomo –morfologik va fiziologok
jihatdan ota-ona formalariga o‘xshamaydi, ma‘lum qayta qur8ishdan keyin ota-
onasiga o‘xshaydi va jinsiy voyaga yetadi (105-rasm). 
105- rasm. Hayvonlar metamorfozi (P.P.Ivanov, bo‘yicha). 
Igidroidlar metamorfozi: 1-gidrokoloniyasi; 2-meduza; 3-tuxum; 4- planula; 5-
polip. II. Ko‘ptikli chuvalchang metamorfozi: 1-tuxum; 2,3- lichinkalar (2-
troxofora, 3-nektoxeta); 4-voyaga yetgan chuvalchang. III.qorinoyoqli 
molyuska metamorfozi: 1-tuxum; 2,3-lichinkalar (2-troxofora, 3-veliger) 4-
voyaga yetgan mollyuska. Ivdengiz tipratikani metamorfozi: 1-tuxum; 2,3 
lichinka (2-diplevrula, 3-pluteus); 4-voyaga yetgan dengiz tipratikani.Vqo‘ng‘iz 
metamorfozi: 1-tuxum; 2-lichinka; 3-g‘umbak; 4-imago; VI.baqa metamorfozi: 


223 
1-tuxum(uvldriq); 2-tashqi jabrali itbaliq; 3- jabrasiz itbaliq; 4-orqa oyoqli 
itbaliq; 5- hamma oyoqlari va dumi shakllangan itbaliq; 6-voyaga yetgan baqa. 
Lichinka mahsus organlarga ega bo‘lib, bu organlar jinsiy voyaga yetgan 
formalarda bo‘lmaydi.P.P.Ivanov lichinkani erkin yashashga yordam beradigan 
maxsus organlar hosil qiladigan organism, deb ta‘riflaydi. Shuning uchun 
lichinkaning keyingi rivojlanishi davrida jinsiy voyaga yetgan davrdagi progressiv 
organlar hosl bo‘lishi bilan burgalikda lichinkalik davridagi organlar reduksiyasi 
sodir bo‘ladi. Agar organizmning bunday qayta qurishlari bosqichma bosqich 
o‘tsa, uni evolyusion metamorfoz deyiladi. Halqali chuvalchanglar yoki 
qisqichbaqasimonlarda shunday bo‘ladi. Agar bu jarayon qisqa vaqtda sodir bo‘lsa, 
buni katastrosik metamorfoz deyiladi. Ayrim soda hayvonlar, yassi chuvalchanglar 
rivojlanishi shu yo‘l bilan sodir bo‘ladi. Ba‘zan degeneratv jarayonlar progressiv 
jarayonlardan ustun turadi va buni nekrobiotik metamorfoz deyiladi. Masalan, 
assidiyalar, qisqichbaqasimonlar sakulonlarda rivojlanishning yo‘nalishi shu yo‘ 
L bilan boradi. Bunda lichinka tuzilishining umumiy degenerasiya va hayvon 
harakatida pauza kuzatiladi. Metamorfozning ikkita tip farqlanadi. 
A.
Chala o‘zgarish yoki to‘liqsiz o‘zgarish yo‘li bilan rivojlanish- 
gemmimetamorfoz (hemimetamorphos). Bunda tuxumdan chiqqan hayvon jinsiy 
voyaga yetgan hayvonga o‘xshaydi, lekin, gavdcasining kichiklgi, jinsiy 
organlarning to‘liq yetilmaganligi va ba‘zi organlarining yo‘qligi bilan jinsiy 
voyaga yetgan hayvonlardan farq qiladi .bundan keyingi rivojlanish davrida 
,masalan, hasharotlar butun umri davomida 4-5 martadan 20 martagacha po‘st 
tashlaydi. Anashu po‘st tashlash (tullash) tufayli gavda kattalashadi, organlar 
shakllanishi nihoyasiga yetadi. Chala o‘zgarish yo‘li bilan rivojlanayotgan 
hasharotlar3 ta:tuxum, lichinka yoki nimfa, imago yokijinsiy voyaga yetgan 
davrlarni bosib o‘tadi.bularga hasharotlarning kunlilar, ninachilar, suvaraklar, 
beshiktervatarlar, to‘g‘ri qanotlilar, teri qanotlilar va boshqa urkumlar kiradi. Chala 
o‘zgarish yo‘li bilan rivojlanishning ham 2 ta tipi bor. 
1.
Gipomorfoz-Hypomorphosis (grekcha xipo, morfoz- shakl).bunday 
yo‘l bilan rivojlanadigan hayvonlar lichinkasi gavdasining kichikligi, ba‘zi
organlarning rivojlanmaganligi bilan jinsiy voyaga yetgan formasidan farq qiladi. 
Bu evolyusiya jarayonida qanotlarini yo‘qotgan hasharotlarda taaluqli bo‘lib, 
ularga ikkilamchiqanotsizlar, momiqxo‘rlar va bitlar turkuml;arining vakillari 
kiradi. Qanotlarining yo‘qligi tufayli lichinkasi va imagosi bir buiriga o‘xshaydi. 
Ammo gavdasining hajmi, lichinka mo‘ylov sigmentlarining kamligi ,rangi, 
serkiysini tuizilishi bilan voyaga yetgan formalaridan farq qiladi. Lichinkasi vva 
imagolarning o‘xshashliklari va bir xil hayot kechirganliggi tufayli yaqwin 
vaqtlargacha ularning rivojlanishi to‘g‘ri trivojlanish deb yuritilar edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin