233
bosqichlar qo‘shilishi tufayli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, agar har xil omillar ta‘sir
etmasa, embrional rivojlanish davrida uning tarixiy taraqqiyotini ―kinofilm‖ kabi
tomosha qilish imkoniyati bo‘ladi. Masalan, sut emizuvchilar ―filmida‖ sodda
hayvonlardan sudralib yuruvchilargacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot namoyish
etilardi. Ammo belgilarning o‘zgarishlarsiz namoyon bo‘lishiga embrion, lichinka
va jinsiy voyaga yetgan formalarning muhit sharoitlariga moslanishi yo‘l
qo‘ymaydi.
Biogenetik qonundan shu narsa ma‘lumki, qadimgi belgilar embrional
rivojlanish davrida namoyon bo‘lishi lozim. Ammo bu ketma-ketlik ko‘p hollarda
buziladi. Biogenetik qonun tarafdorlari bunday holatni quyidagicha izohlaydilar.
Evolyusiya jarayonida organizmlar taraqqiyoti qisqargan (filogenezga nisbatan),
taraqqiyotining o‘zi soddalashgan, organlar taraqqiyot yo‘li o‘zgargan. Organlar
hosil bo‘lishi va rivojlanishining o‘zgarishi geteroxroniya deyiladi. Ba‘zi
olimlarning fikricha, progressiv organlar embrion rivojlanishinihg dastlabki
davrlarida paydo bo‘ladi (Menert). Masalan, bosh miya, sezgi organlari, yurak
ertaroq, jinsiy organlar va ichaklar kechroq paydo bo‘ladi.
Gekkel bunday o‘zgarishlarni tan olmadi. Quruqlik hayvonlarida o‘pka,
baliqlarda suzish pufagi orqa jabra xaltasi o‘zgarishidan hosil bo‘lgan.
Biogenetik qonun Gekkel tomonidan filogenezni ―tiklash‖, organiк dunyo
qon-qarindoshligini bilish uchun foydalanildi. Gekkel organiк dunyoning
paleontologik ma‘lumotlarga ega bo‘lmagan qismi haqida juda ko‘p narsalarni
oldindan aytib bergan, ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi haqida gasteriya
nazariyasini yaratdi. Gekkel tasavvur qilgan hayvon embrionning gastrulyasiya
davriga o‘xshaydi.
Dostları ilə paylaş: