portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi
A.N Seversovning filembriogenez nazariyasi. XIX asr oxiri, XX asr
boshlarida biogenetiк qonun juda ko‘p tanqidlarga uchradi. Bu qonunni
rivojlantirishda A.N.Seversov ulkan hissa qo‘shdi. U organlarning ajdodlarida
jinsiy voyaga etgan organizmlarda rivojlanish yo‘llarini o‘rgandi. Ana shu
o‘rganish jarayonida Seversov embrional rivojlanishi davrida ajdod belgilariga
nisbatan o‘zgargan yoki yangi belgilar paydo bo‘lishining yo‘nalishlarini aniqladi
va bularni filembriogenez qonuni deb atadi. Bu qonunga ko‘ra ontogenezda
filogenez aynan takrorlanmasdan balki ba‘zi o‘zgarishlar yo‘li bilan takrorlanadi.
Seversov filembrionogenezning quyidagi yo‘llarini aniqladi: 1 Ba‘zi hayvonlarda
yangi belgilar embrional rivojlanishning dastlabki bosqichida paydo bo‘ladi.
Filembrionegenezning bu tipi arxallaksis deyiladi.2 Yangi belgilar individual
rivojlanishning o‘rta bosqichida paydo bo‘lsa, uni deviasiya deyiladi. 3. Agar
o‘zgarishlar taraqqiyotning oxirgi bosqichida paydo bo‘lsa, bu hodisa anaboliya
deyiladi.
Shunday qilib, Seversov bo‘yicha, ontogenezda har xil organlar har xil
davrda paydo bo‘ladi. Seversov ko‘p hujayralilar ontogenezining kelib chiqishi va
evolyusiyasi haqida nazariya yaratdi. Bunda rekapitulyasiyaga asoslangan
anaboliyaga katta ahamiyat berdi. Seversov ko‘p hujayralilar bir hujayralilarning
koloniya bo‘lib yashaydigan formalaridan kelib chiqqan, degan gipoteza tarafdori
edi. Jumldan, volvoks koloniyasi 20000 hujayragacha yetishi munkin, shundan
keyin gistologik differensiasiya boshlandi. Seversov bo‘yicha gidra rivojlanishi
davrida ebmrionning maydalanish davriga o‘xshash davr sodir bo‘ldi. Shunday
qilib, gidra ontogenezi yangi davrlar tufayli uzaygan ( 115- rasm).
Seversov bilaterial simmetriyali hayvonlar ontogenezi evolyusiyasini
murakkab va ko‘p bosqichli, deb tasavvur etadi.
115- rasm Gidroidlar ontogenezi ( A. N. Seversov, 1935 bo‘yicha ).
A-
yetilgan tuxum; B- ona organizmiga oyoqlari bilan yopishgan urug‘langan
tuxum; V—tuxum hujayra maydalanishining boshlanishi; G- bir qavatli blastula; D
– embrion ichida entoderma (1) qavati, tashqi tomonda ektoderma (2) va undan
tashqarida embrion qobig‘i (3) hosil bo‘ladi; ye- embrion qobiqlardan lichinka
chiqib erkin suzib yuradi; j- lichinka suv tagida o‘rmalab harakatlanadi; Z-
paypaslagichlarining rivojlanishi (4 ); I-yosh gidraning og‘zi va paypaslagichlari
(5); K-jinsiy voyaga yetgan gidra.