Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

K.Ber qonuni. 
Biogenetik qonun asoslari 1828 yilda dastlab K.Ber tomonidan 
aytilgan edi. U embrionlar o‘xshashligi yoki Ber qonunini yaratdi. Bu qonunning 
mazmuni quyidagilardan iborat: 
1.Embrion rivojlanishi davrida ko‘pchilik hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan 
belgilar dastlab, xususiy belgilar esa keyinroq paydo bo‘di.
2.Organizmlarda umumiy belgilardan xususiy belgilar kelib chiqadi.
3.Ma‘lum tur hayvonlarda embrion ajdod hayvonning belgilarini takrorlashi 
jarayonida undan uzoqlashadi.
4.Yuksak hayvonlarning embrioni hech qachon evolyusiya jihatdan o'zidan 
quyida turadigan hayvonning embrioniga o'xshamaydi. 
Ber fikricha,umurtqalilar embrioni rivojlanishi davomida dastlab tip, sinf 
belgilari, keyin turkum va oxirida tur belgilari paydo bo‘ladi. Berning bu fikrla ri 
hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas.
Darvinning Ber g‘oyalariga yuksak baho berganligini hisobga olgan holda, 
hozirgi kunda bu qonunning qaysi qismlari to‘g‘ri, qaysi qismlarini o‘zgartirish
lozimligini aniqlash lozim. Ber fikricha, har bir tipning o‘ziga xos rivojlanish yo‘li 
bor. Evolyusiya jarayonida bu yo‘nalish takomillashib borgan. A.N.Seversov bu 
yo‘nalishni tahlil qilib, filembriogenez yo‘llari bilan taqqoslagan. Ba‘zi 
embriologlar Ber qonunini o‘rganib, uni idealistiк, yo‘naltirilgan taraqqiyot 
haqidagi qonun, deb baholadilar. Ammo Ber qonunida hech qanday idealizm yo‘q. 
Ber ―rivojlanish darajasi (bosqichi )‖ va ―rivojlanish tipi‖ni farqlaydi.
―Rivojlanish darajasi‖ hozirgi ―organizmning murakkabligi‖ tushunchasiga 
to‘g‘ri keladi, ―rivojlanish tipi‖ esa taraqqiyot darajasi bilan birgalikda hayvonlar 
guruhlarini (sinf, tip) hosil qiladi.
Shunday qilib, Ber ta‘limotini har tomonlama tahlil qilib, uning ijobiy va salbiy 
tomonlari ko‘rsatib berildi.
P.P.Ivanov ―rivojlanish tipi‖ o‘rniga ―rivojlanish yo‘nalishi‖ tushunchasini 
qo‘llashni tavsiya etdi. Masalan, ko‘pchilik mollyuskalar rivojlanishida troxofora 
yoki velliger lichinkasi yo‘nalishi bor, boshoyoqli mollyuskalar rivojlanishi jinsiy 
voyaga yetgan hayvon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirdi. Bu ta‘limotni ham 
teleologiyaga asoslangan, deb tanqid qilish mumkin. Ammo bunga ehtiyoj yo‘q, 
chunki har qanday tanqid ma‘lum bir ta‘limotni qanday talqin qilishga bog‘liq.
Embriologlar Ber qonuni va ―rivojlanish yo‘nalishi‖ ga yetarlicha e‘tibor 
bermadilar. Ammo bu qonunlar hozirgi zamon embriologlarining diqqatini o‘ziga 
jalb qilishi lozim.
G.P. Korotkova va B.P.Tokin (1978) Ber qonuniga baho berishda tadqiqotchilar 
xatolarga yo‘l qo‘yganliklarini ta‘kidladilar. Ammo Berning embrionlar 
o‘xshashligi qonuniga ko‘ra, bu o‘xshashliklar bir tip doirasida bo‘ladi. Ber bir 
tipdan boshqasining paydo bo‘lishiga oid gipotezani yarata olmadi. Ber qonuni 
rivojlanishning boshlang‘ich davrlari-zigota, blastula, gastrulyasiyaga taalluqli 
emas. Agar Ber davridagi fan taraqqiyoti, mikroskopik va boshqa texnikalar rivoji 
hisobga olinsa, uning ta‘limoti organogenez jarayonini ifodalaydi.


237 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin