Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Bachadonning qon bilan ta’minlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Bachadonning qon bilan ta’minlanishi
. Bachadon qon tomirlarga boy 
bo‘lib, undagi qon tomirlari muskul parda bilan birikkan. Bachadonga kirgan qon 
tomirlar muskul pardada tarmoqlanadi va shu yerdan boshqa qavatlarga o‘tadi. 
Miomelriydan endoteliyga ikki xil: to‘g‘ri va spiralsimon arteriyalar kiradi. 
To‘g‘ri arteriyalar, endoteliyning bazal qavatida kapillyarlar to‘rini hosil qiladi. 
Spiralsimon arteriyalar esa, endoteliyning yuqori yuzasida ko‘p sonli kapillyarlar 
to‘rini hosil qiladi. Endoteliyda qon tomirlarining bunday joylashishi, menstruasiya 
davrida funksional qavatning tushib ketishi va bazal qavatning saqlanib, qayta 
tiklanishi bilan bog‘liq. Bachadon nerv tolalariga ham boy bo‘lib, ular bir qancha 
chigallar hosil qiladi. 
Menstnial yoki jinsiy sikl
. Tuxum hujayra ovulyasiya vaqtida tuxumdondan 
chiqib, bachadon naylari orqali bachadonga qarab harakatlanadi. Bachadon davriy 
ravishda har 24-30 kunda tuxum hujayrani qabul qilishga tayyorlanadi. Bu 
tayyorlanish urug‘langan tuxum hujayraning implantasiyasini va homilaning ozuqa 
bilan ta‘minlanishini o‘z ichiga oladi. Bunday tayyoigartik davrida bachadonnnig 
shilliq pardasidan ko‘chib tushuvchi qavat paydo bo‘ladi. Agar urug‘lanish sodir 
bo‘lmasa, bu tayyorgarlik to‘xtaydi, o‘zgargan epiteliy qavati menstruasiyaga 
uchrab, ko‘chadi va undagi qon tomirlari yorilib, oqib chiqayotgan qon bilan 
birgalikda tushib ketadi. Agar unig‘lanish sodir bo‘lsa, urug‘langan tuxum hujayra 
bachadonning shilliq pardasiga kelib yopishadi. Shilliq parda esa, o‘sib 
urug‘langan tuxum hujayrani o‘rab oladi. Homila tug‘ilgandan keyin, shiliiq 
pardaning ana shu qismi bachadondan ajraladi va homiladorlikning ko‘chib 
tushuvchi pardasi deb ataladi. Har ikkala holatda ham bachadonnnig bu qismining 
tushib ketishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar bir xildir. 
Sut emizuvchilarning jinsiy sikli
. Sirt emizuvchilaming ko‘payishi aniq 
belgilangan 
va 
urg‘ochi 
organizmining 
ko‘plab 
to‘qimalarining 
koordinasiyalashgan holda tayyorgarligini talab etadi. Urg‘ochi jinsiy yo‘llari 
tuxum va spermatozoidni urug‘lanadigan joyga olib borishga tayyor bo‘lishi lozim. 
Agar urug‘lanish sodir bo‘lsa, zigotani bachadon qabul qilishi va oziqlantirishi 
lozim. Ko‘payishga tayyorgarlik - siklik xarakterga ega bo‘lib, burida gormonlar 
ishtiroki va funksiyasi kattadir. Shuningdek, muhit omillari va hayvonning ruhiy 
holati ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘payishga tayyorgarlikning siklik xarakterda 
bo‘lishi erkak (sames)ga nisbatan urg‘ochi (samka)da aniqroq ifodalanadi. 
Bug‘ular yilning ma‘lum, qisqa davrida jinsiy faol bo‘ladi va keyin spermatogenez 
to‘xtaydi, primatlar esa yilning hamma davrida jinsiy faol bo‘ladi. Jinsiy faol 
bo‘lish chorvachilikda "jinsiy ov", "kuyikish", "quvlash" deb nomlanadi
biologiyada esa estrus deyiladi. Bu davrda hayvonning qo‘shilishga intilishini 
uning tashqi jinsiy belgilaridan bilish mumkin. Bn holat estral yoki jinsiy sikl 
deytladi. Bu sikl quyidagi bosqichlardan iborat: 
1. Ko‘payishga to‘liq tayyor bo‘lish davri. Buni estnis deyiladi. 


62 
2. Urug‘lanish sodir bo‘lganligi tufayli regressiv jarayon boshlanadi. Buni 
metestrus deyiladi. 
3. Tinchlik davri. Bu davrni diestrus deyiladi. 
4. Navbatdagi estrusga faol tayyorgarlik davri. Buni proestrus deyiladi. 
Estral siklga kasalliklar, ozuqa yetishmasligi, muhit sharoitining noqulayligi, 
gormonlar, organizmning fiziologik holati ta‘sir etishi va o‘zgartirishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin