Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Bachadonning hayz ko’rish bilan bog’liq o’zgarishlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Bachadonning hayz ko’rish bilan bog’liq o’zgarishlari.
Bachadonning shilliq 
pardasida menstruasiya bilan bog‘liq o‘zgarishlar uch bosqichga bo‘lnadi: 
1. Menstruasiya (hayz) oldi bosqichi. Bu bosqich sekretor, yoki funksional 
bosqich deb ataladi. Bunda bachadon homilani qabul qilishga tayyorlanadi. Bu 
vaqtda tuxumdonda yetilgan follikula ovulyasiyaga uchraydi va tuxum hujayra 
qorin bo‘shlig‘iga chiqadi. Follikula devorining epiteliy hujayralaridan progesteron 
gormoni ishlab chiqaruvchi sariq tana bezi hosil bo‘ladi. Progesteron gormoni 
ta‘svirida bachadon bezlari kattalashadi, cho‘ziladi, egri-bugri ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. Qon tomirlari kengayib, qon bilan to‘ladi. Shilliq pardaning gtikogen 
miqdori oshadi, ishlab chiqarilayotgan shilliq modda quyuqlashadi (29-rasm). 
29-rasm.Ovarial-menstrual sikl va uning gormonal boshqarilishi (Yu.L.Afanasyev, 
1990 bo‘yich). 
A-gipofizar gonadotropin daraja; B-tuxumdonda siklik o‘zgarishlar; V-urg‘ochilik 
jinsiy gormonlar darajasi; G-bachadon endometriysida siklik o‘zgarishlar; G-
lyuteinlovchi gormon. 
Agar urug‘lanish sodir bo‘lsa, unda funksional, ya‘ni menstruasiya oldi davri 
6-8 hafta davom etadi. Bu bilan yolrdoshning rivojlanishiga imkon 25-28 kunda 
qayta sodir bo‘ladi. Menstruasiya davrida endometriyinng finksional qavati tushib 
ketadi 
2. Menstruasiya bosqichi. Menstruasiya oldi bosqichining oxiriga kelib, 
ya‘ni ovulyasiyadan 13-14 kundan keyin sariq tana atrofida uchraydi va qonga 


63 
progesteron gormonining quyilishi to‘xtaydi. Bu esa spiralsimon arteriyalarning 
qismlishiga olib keladi. Natijada endometriy yuza qismiga qon kelishini keskin 
kamaytiradi. Shu vaqtda endometriyinng bazan qavati qon bilan ko‘proq 
ta‘minlanadi. Endometriy funksional qavatining qon bilan ta‘minlanishining 
buzilishi, nekrozlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada funksional qavat 
parchalana boshlaydi. Uzoq qisqarishdan keyin spiralsimon arteriya yana 
kengayadi va endometriyinng funksional qavatiga qon kelishi ko‘payadi. Natijada 
ba‘zi qon tomirlari yoriladi va qon oqadi. Bu qon parchalangan epiteliy va 
biriktinivchi to‘qima hujayralari bilan aralashib ketadi. Bu qon menstrual qon 
deyilib, u ivimaydi, Normal menstruasiyada o‘rtachabu qon menstrual qon deyilib, 
u ivimaydi. 
Normal menstruasiyada o‘rtacha 40-50 ml qon yo‘qoladi. Menstruasiya 3-5 
kim davom etadi. Menstruasiyani tug‘ruqning analogi yoki urug‘lanmagan tuxum 
hujayraning "tug‘ishi" yoki tuxum hujayraning urug‘lanmagani uchun bachadon 
"noroziligi" deb qarash kerak. 
3. Menstruasiyadan keyingi bosqich. Menstruasiyadan keyingi bosqieh, yoki 
o‘sish davri funksional qavat va bachadon bezlarining tiklanishi va proliferasiya 
bilan belgilanadi. Bu bosqich menslruasiya tugashi bilan boshlanadi va 
menstaiasiyaning birinchi kunidan boshlab 5 kimdan 14-16 kurigacha davom etadi. 
Bachadon bezlarining epiteliy hujayralari tez ko‘payadi va yliqoriga surnib 
bachadonning shilliq qavatining yuzasini qoplaydi. Shuning uchun bu bosqich, 
proliferasiya, yoki o‘sish bosqichi deb yuritiladi. Bu bosqichdagi o‘zgarishlar 
follikulaning donador qavati hujayralari ishlab chiqarayotgan estrogen gornioni 
ta‘svirida kechadi. 
Shunday qilib, menstruasiyadan keyingi bosqich estrogen, menstruasiyadan 
oldingi bosqich esa progesteron gonnoni bilan boshqariladi. Ular navbat bilan 
bachadon funksional qavati o‘zgarishlarini boshqaradi. Bu bosqichlarda bachadon 
bo‘yin shilliq qavati tushib ketmaydi, u doimiy sekret ishlab chiqarib turadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin