Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Bachadon shilliq pardasi
. Bachadon shiliiq pardasi, menstruasiya va 
ovulyasiya davrlarida siklik o‘zgarishlarga uchraydi. Ayo‘larnnig jinsiy faolligi 12-
14 yoshdan 45-50 yoshgacha davom etadi. Shundan keyin hayz ko‘rish va 
ovolyasiya tugaydi. Bachadonning shilliq pardasi menstrasiya davrida destruktiv 
va regenerativ o‘zgarishlarga uchraydi. Faqat ikkita menstruasiya o‘rtasida tinch 
holatda bo‘ladi. Bu davr interval, yoki tinch davr deyiladi. 
Bachadonning shilliq qavati hilpillovchi silindrik epiteliy hujayralari bilan 
qoplangan bo‘lib, ular orasida shilliq sekret ishlab chiqaradigan bezlar, yod 
kriptalar bor.Bu bezlarning sekretlari bachadonning bo‘yin qismida to‘planib, 
kuchlisiz to‘sqinlik hosil qiladi. Bachadonning tana va tub qismidagi bezlarning 
sekreti kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo‘lib, bachadonga tushgan spermatozoidning 
faol haramkati uchun qulaytik yaratadi. 
Shilliq qavatning epiteliy hujayralarining ostida shakllanmagan biriktiruvchi 
to‘qima hujayralari bo‘ladi. Bundan tashqari, sitoplazmasida gtikogen va 
ipoproteid kiritmalari bo‘lgan hujayralar - desidual hujayralar bo‘ladi.Bu 
hujayralar yo‘ldoshning ona qismida ham joylashib, desidual qavatni hosil qiladi. 
Desidual hujayralarning ahamiyati hozircha aniq bo‘lmasada, trofik va fagositoz 
funksiyalarini bajalishi qayd etilgan. 
Miometriy yoki muskul parda
. Bu parda qalinligi 50 mkm bo‘lib, 
homiladorlik davrida 500 mkm gacha yetuvchi silliq muskul hujayralaridan iborat. 
Miometriy uch qavatdan iborat. Uchki qavati bo‘ylama muskuldan tuzilgan 
bo‘lib, shilliq osti qavati deb ataladi, o‘rta qavatida aylana muskullar joylashgan. 
Tashqi qavati bo‘ylama muskuldan iborat bo‘lib, tomir usti qavati deb nomlanadi. 
Perimetriy yoki seroz parda
. Bu parda bachadomni tashqi tomondan o‘rab 
turadi. Perimetriy siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimadan iborat. 
Bachadoning bo‘yin qismi, oldi va yon tomoni parametriy deb nomlanadigan yog‘ 
kletchatkasidan iborat. 
Bachadon bo‘yining kanali shilliq ishlanib chiqaradigan silindrik epiteliy 
bilan qoplangan va u burmalar hosil qiladi. Bu yerda joylashgan bezlar faoliyati 


61 
tufayli, bachadon bo‘yin doimo sekret bilan to‘lib turadi. Bu yerdagi muskullar 
qisqarganda bo‘yin bezlari sekret ajratadi, bo‘shashganda sekret bo‘yin yuzasiga 
so‘riladi. Bu esa, spermaning qindan bachadon bo‘shlig‘iga o‘tishiga yordam 
beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin