Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Urugchilik jinsiy organlari.
Urugchilik jinsiy sistemasi bir juft tuxumdon
bachadon nayi, bachadon, qin va tashqi jinsiy a‘zolardan iborat. 
Tuxumdon.
Tuxumdon ikkita vazifani bajaradi. Birinchidan, tuxum 
hujayrani yetishtirib chiqarsa, ikkinchidan, jinsiy gormonlar ishlab chiqaradi. 
Tuzilishi
. Tuxumdonlar bir juft bo‘lib, oval shaklda bo‘ladi. Uning ustki 
qismi epiteliy to‘qimasi bilan qoplangan. Epiteliy ostida tolali, yoki oqsil pardali 
biriktiruvchi to‘qima qatlami joylashgan. Bu to‘qima parda ostiga kelib, tuxumdon 
stromasiga aylanadi. Bular fibrillardan iborat bo‘lib, ular orasida duksimon 
biriktimvchi to‘qima hujayralari joylashgan. Elastik tolalar va silliq muskul 
hujayralari mag‘iz qismida joylashadi. Tuxumdonning po‘stloq va mag‘iz 
moddalari farqlanadi. Po‘stloq moddada tuxum hujayraning rivojlanishi va 
gormonlarning ishlab chiqilishi jarayonlari sodir bo‘ladi. Tuxumdon mag‘iz qismi 
qon tomirlari va nerv tolalariga boy bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimadan hosil bo‘ladi. 
Tuxumdonning po‘stloq qavatida birlamchi yoki primordial follikulalar, 
o‘suvchi follikulalar, yetilgan (Graaf) follikulalar, sariq tana, oq tana, atretik tana 
joylashadi (26-rasm). 
Oqsilli pardaning ostida, tuxumdonning periferik qismida, primordial 
follikulalar bir necha qator bo‘lib, zich joylashgan. Balog‘at yoshidan boshlab 
tuxumdondagi birlamchi follikulalardan Graaf follikulalari yetishadi. Birlamchi 
follikulalar bir qator epiteliy hulayralari bilan qoplangan. Birlamchi follikula o‘sib 
kattalashgan sari, epiteliy hujayralar ham bo‘linib ko‘payadi va ko‘p qavatli 
bo‘ladi. Oosit tuxum "do‘ngiga" (balandligiga) joylashadi (27-28-rasmlar). 
Follikula kattalasligan sari, uning ichida suyuqtik miqdori ham ortib boradi. 
Follikulyar epiteliy hujayralari oositni himoya qiladi, har xil moddalarni 
o‘kazmaydi, faqat kerakli moddalani o‘tkazadi. 
Ovulyasiya
. Ovulyasiya murakkab jarayon bo‘lib, bunda gipofizning 
lylitenilovchi gormoni (lyutropin) muhim vazifani bajaradi. Ovulyasiya jarayonda 
follikula qobig‘i ichki qavatining kapillyarlariga qon kelishining kuchayishi va 
follikul suyuqligining ko‘payishi natitasida, uchki bosim ortadi va follikula qobig‘i 
yorilib ketadi. Natijada birinchi tartibli ovasit qorin bo‘shlig‘iga chiqadi. Umuman, 
ovulyasiya mexanizmi hozirgacha to‘liq o‘zganilmagan. Qorin bo‘shlig‘iga 
chiqqan ovosit tuxum yo‘lining voronkasimon uchlari orqali, tuxum yo‘liga 
tushadi. Follikulaning yorilishida proteolitik fermentlar, gialuron kislota va 
gialuronidaza fermenti muhim ahamiyatga ega. 


56 
Har bir ovulyasiya jarayonda odamda bitta, ba‘zi sut emizuvchilarda esa 10-
12 ta follikulaovialyasiyaga uchraydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin