Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Embrion varaqlarining takomillashishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Embrion varaqlarining takomillashishi 
 
Entoderma hujayrai ektoderma hujayraga nisbatan yirikroq bo‘lradi. 
Embrion varaqlarining shakllanishi va ulardan turli organlari paydo bo‘lishi 
differsiallanish yoki takomillashish deb ataladi. 
Eklodermadan bezlar, tuklar, teri tuzilmalari, nerv va sezgi organlari 
rivojlanadi (59-rasm). 
Entodennadan ichak kanalinng uchki epiteliy qatlami, jigar va ovqat hazm 
qillsh bezlari, nafas olish epiteliysi rivojlanadi. 
Mezodermadan skelet muskullari, uchki organlar muskullari va qon 
tomirlari, suyak va tog‘laylar, qon hosil qiluvchi a‘zolar, jinsiy sistema to‘qimalari, 
ichki organlarning bir qismi rivojlanadi. 
Organlarning embrion qavatlaridan yoki varaqlaridan shakllanishi 
to‘g‘risidagi dastlabki ta‘savurlarni K. F. Volf jo‘jlarda nerv sistemasi va ichak 
taraqqiyotini kuzatishi davrida aytgan. Keyinchalik X. Pander va K. M. Ber 
ishlarida embrion varaqlari degan tushunchalar paydo bo‘ldi. Ber birlamchi 
varaqlarni vegetativ va animal deb atadi. Ulardan keyinchalik ikkilamchi varaq 
paydo bo‘ladi. Ber organlarni ana shu varaqlar bilan bog‘ladi. E. Gekkel embrion 
varaqlarini ektoderma, entoderma va mezoderma deb nomladi. 
Embrion 
varaqlari to‘g‘risidagi ta‘limot hayvonlar evolyusiyasini 
oydinashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. A.O.Kovalevskiy barcha ko‘pi 
hujayrali hayvonlar embrioni ikki qavatlilik davrini bosib o‘tadi, bu qavatlar kelib 
chiqishi va organlarni hosil qilishi bilan bir-biriga o‘xshashdir, degan xulosaga 
keldi. Bu fikrlar barcha hayvonlar kelib chiqishining birligini isbotladi. Shunday 
qilib, A. O. Kovalevskiy embrion varaqlari to‘g‘risidagi nazariyani yaratdi. 
Embrional jarayonni o‘rganishning hozirgi usullari embriori varaqlari organ 
emasligini va filogenelik taraqqiyotning qanday bosqichini takrorlamasligini 
bilishga imkon berdi. Ularni bir xil rivojlanish darajasida bo‘lgan va morfologik 
jihatdan o‘xshaydigan organlami hosil qiluvchi material deb qarashli kerak. 
Embrion varaqlarniing hosil bo‘lish jarayoni deyadi hamma ko‘pi 
hujayralihayvonlarbosib oltishl shart bo‘lgan bosqichlaning biri hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin