108
bo‘lgan qavat blastoderma devori deb ataladi. Bu devorga blastomerlar bir qator,
ba‘zi hayvonlar embrionida esa ko‘p qator bo‘lib joylashadi. Blastulaning o‘rtasi
bo‘shliq, kovak bo‘ladi. Bu bo‘shliq blastosel bo‘shlig‘i deb ataladi.
Blastomer
yunoncha blasto - nish, kurtak, koylos - kovak, ichi bo‘sh degan ma‘noni bildiradi.
Blastosel bo‘shlig‘ini birinchi marta K.Ber aniqlaganligi uchun Ber bo‘shlig‘i ham
deb yuritiladi. Blastulaning bir tomoni teshik bo‘ladi. Bu teshik blastopor teshigi,
uning lablari esa blastopor lablari deb ataladi. Blastopor yunoncha blasto - nish,
kurtak, poros - teshik degan ma‘noni bildiradi. Agar
blastopor teshigi hayvon
voyaga yetgandan keyin og‘iz teshigiga aylanib, anal teshigi uning qarama-qarshi
tomonidan ochilsa, bunday hayvonlar birlamchi og‘izli hayvonlar deb ataladi.
Birlamchi og‘izlilarga - Protostomia - halqali chuvalchanglar,
mollyuskalar,
bo‘g‘imoyoqlilar, onixoforalar, paypaslagichlilar tip birikiradi.
Agar blastopor teshigi anal teshigiga aylanib, og‘iz teshigi
uning qarama- qarshi
tomonidan ochilsa, buuday hayvonlar ikkilamchi og‘izli hayvonlar deb ataladi.
Ikkilamchi og‘izli hayvonlarga - Deuterostomia - ninatanlilar, pogonoforalar,
qillag‘lilar, gemixordalilar vaxordalilar tiplari kiradi.
Maydalanish turlariga bog‘liq holda blastula ham turlicha bo‘ladi: 1.
Seloblastula. Blastosel bo‘shlig‘i katta, blastoderma
devori bir tekis qalinlikda
bo‘ladi va blastodermada blastomerlar bir qator bo‘lib joylashadi. Bunday blastula
to‘la va tekis maydalanish natijasida hosil bo‘ladigan lansetnik tuxumida kuzatiladi
(55-rasm).
55-rasm. Blastula turlari (L.V.Belousov, 1980 bo‘icha).
1-seloblastula; 2-sterroblastula; 3-plakula (o‘ngda yon tomondan ko‘rinishi); 4-
diskoblastula; 5-periblastula; 6-stomoblastula; 7-morula. bl-blastomerlar; j-
sariqlik; b-blastosel.
109
2. Amfiblastula. Bunda blastoderma devori bir necha qator blastomerlardan
tuzilgan bo‘lib, bu devor animal qutbda vegetativ qutbga nisbatan yupqa bo‘lishi,
blastosel animal qutbga tomon siljigan bo‘ladi. Bunday blastula to‘la, lekin notekis
maydalanadigan amfibiyalar tuxumlarida uchraydi.
3. Sterroblastula. Devori bir qator blastomerlardan iborat bo‘ladi.
Blastomerlar blastosel bo‘shlig‘iga juda ko‘p kirib borganligi uchun ham blastosel
bo‘shlig‘i juda kichik bo‘ladi. Bo‘g‘imoyoqlilarda shunday blastula hosil bo‘ladi.
4. Diskoblastula. Diskodial yo‘l bilan maydalanadigan tuxumli hayvonlarda
uchraydi. Blastosel bo‘shlig‘i embrion diski bilan sariqlik moddasining o‘rtasida
bo‘ladi. Bunday blastula suyakli baliqlar, repteliyalar va qushlarda uchraydi.
5.
Periblastula. Blastosel bo‘shlig‘i sariqlik moddasi bilan to‘zganligi uchun
bo‘shliq bo‘lmaydi. Sariqlik moddasining tashqarisidan
bir qator blastomerlar
o‘rab turadi. Hasharotlarda shunday holat uchraydi.
6. Blastulaning yana o‘ziga xos turi plakula ham bor. Bunda blastula ikki
qavatli plastinkadan iborat bo‘ladi. Bunday embrion
shakli maydalanish davrida
blastomerlar faqat parallel qatorda joylashganda hosil bo‘ladi, Plakula quruqlikda
uchraydigan kam tukli halqali chuvalchanglarda uchraydi.
Agar blastosel bo‘shlig‘i ham blastomerlar bilan to‘lgan bo‘lsa, buni
embrionnnig morula davri deb ataladi. Embrionning morula davri tutning mevasini
eslatadi. Shuning uchun morula lotincha monim - tut mevasi degan ma"noni
bildiradi. Morulaning hosil bo‘lishi to‘g‘risida ikki xil fikr bor:
1. Moruladan keyin blastula hosil bo‘ladi. Morula blastomerlarning tartibsiz
yoki o‘ziga xos joylashishi hisoblanadi.
2. Blastuladan keyin birorta blastomer blastosel bo‘shlig‘iga tushib qolsa,
ular ko‘payib, blastosel bo‘shlig‘ini to‘ldirib qo‘yadi.
Blastosel bo‘shlig‘idagi suyuqlikning fiziologik
va morfologik ahamiyatini
o‘rganish ham muhimdir. Chunki bu suyuqlik har xil hayvonlar embrionida har xil
bo‘ladi jumladan, dengiz tipratikanida dildiroq, ba‘zi hayvonlarda harakatchan, suv
hayvonlarida suvdan farq qiladi.
Har xil hayvonlarning blastulalari ham bir-biridan farq qiladi. Blastulani
tashkil ettivchi blastomerlar yopishqoq modda hosil qilib bir-biriga yopishib turadi.
Ba‘zi hayvonlarda blastomerlarning sochilib kelmasligini blastula qobig‘i
boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: