106
mumkin. Maydalanishning tezlashishi yoki sekinlashishi embrionning umumiy
rivojlanishiga ta‘sir etmaydi. Shuning uchun ham
bunday omillami kishilar
tomonidan qo‘llash mumkin.
Maydalanishgacha DNK replikasiyasi.
Urug‘lanishdan keyin tezda
pronukleuslarda DNK reptikasiyasi boshlanadi. Urug‘lanishgacha ooplazma DNK
sinteziga yo‘l qo‘ymaydigan omillarga ega bo‘ladi. DNK sintezi har ikkala
pronukleusda bir vaqtda boshlanadi va har birining xromosomasi ikki hissa ortadi.
Bu zigotaning o‘ziga xos xususiyati bolib, somatik
hujayralarda bu jarayon bir
joyda amalga oshadi. Spermatozoid tuxumga DNK sintezini faollashtiruvchi
omilni olib kirmaydi, balki tuxumning ana shu omillaridan foydalanadi (DNK
polimeraza, oqsillar). Ular spermatozoid yadrosiga ooplazmadan kiradi.
Dastlab spermatozoid yadrosi tuxum hujayra yadrosiga nisbatan kichik bo‘ladi.
Spermatozoid tuxumga kirgandan keyin ooplazmadan kirgan moddalar hisobidan
20 martagacha kattalashadi.
Jumladan, dengiz tipratikanida bu jarayonlar 20
munutda sodir bo‘lib, zigota maydalanishga tayyor bo‘ladi.
Tuxum hujayrada spermatozoid yadrosini faollashtiruvchi omil keragidan
ortiq bo‘ladi. Bu holatni polispermiya hodisasi va l. Gerdonning urug‘lanmagan
tuxum hujayraga ko‘plab somatik hujayra yadrosini yoki sof DNK molekulasini
kiritish orqali kuzatgan. Hamma holatlarda DNK reptiksiyaga uchragan.
Polispermiyada DNK sintezi hamma yadrolarda faolashgan,
ammo embrion
taraqqiyotida faqat bitta yadro ishtirok etib, boshqalari degenerasiyaga uchragan.
Reprikasiya omili ooplazmada tekis, hamma qismida tarqalganligi uchun barcha
blaslomerlarga
teng taqsimlanadi
Bu, ayinqsa, sinxron maydalanishda ma‘lum bo‘lib, hamma hujayralarda bir
vaqida bo‘linish boshlanadi.
Xromasomalar soni ikki hissa ko‘paygandan keyin zigotada birinchi
maydalanish sodir bo‘ladi. Bu vaqtda bo‘linish dukchasi hosil bo‘ladi, yadro
membranasi yemiriladi, gomologik xromasomalar juftlashadi.
Gomologik
xromosomalar ba‘zan metafazada, ba‘zan undan keyin juftlashadi.Maydalanishga
tuxumning tayyorgarligi sentriolaga bog‘liq bo‘lib, sentriolani spermatozoid
tuxumga olib kiradi. Shuning uchun ko‘pchilik hayvonlarda partenogenez
uchramaydi.
Dostları ilə paylaş: