Orqa miya va periferik nerv sistemasining rivojlanishi.
Orqa miyaning
rivojlanishi davrida uning devorining hujayralari ikki yo‘nalishda differen
siyalashadi; biridan neyrologiya ( miya nerv hujayralarni oziqlanturuvchi),
ikkinchisidan nerv hujayralari hosil bo‘ladi. Neyrologiya nerv hujayralarning
atrofida joylashadi
Neyroblastdan hosil bo‘ladigan hujayralarning tanasi orqa miyaning kulrang
(ichki) moddasini, Nerv tolalari esa uning oq ( tashqi) moddasini hosil qiladi.
Rivojlanayotgan bosh miya nervlarni uch guruhga bo‘lish munkin:
1.Sezuvchi nervlar,ulardan uch shoxli nervning hidlash, eshitish va ko‘rish
tarmoqlari hosil bo‘ladi.
2.Harakatlantiruvchi nervlar, bularga ko‘zni harakatlantiruvchi muskul va nerv
taktil nerv misol bo‘ladi.
163
3. Aralash nervlar, bularga bosh miyaning harakatlanturuvchi nerv tolalari va
sezuvchi nervning tugunlari paydo bo‘ladi.
83-rasm. Ikki kunlik tovuq embrionida bosh miyaning rivojlanishi ( B.Petten, 1944
bo‘yicha).
1-oldingi miya, 2-o‘rtamiya; 3- ko‘z haltasi; 4- orqa miya.
Ko’zning rivojlanishi.
Hayvonlar ko‘zining rivojlanishini amfibiyalarda
misolda o‘rganilgan. Embrion rivojlanish davrida ko‘z dastlab oraliq miya
devorining qatlamlanish tufayli ko‘z pufagi sifatida paydo bo‘ladi. V.I. Balinsmkiy
(1958) fikricha, baqada ko‘z pufagi oldingi miyaning 10- 50% tashkil etadi
Suyakli baliqlar, repiteliyalar va qushlarning embrion rivojlanish davrida ko‘z
hajmi amfibiyalar ko‘ziga nisbatan yirikroq bo‘ladi, sut emizuvchilarda esa
unchalik katta bo‘lmaydi. Ko‘z pufagi rivojlanishi bilan bosh miya ko‘z
poyachasi birlashib turadi (84 rasm).
Ko‘z pufagining kattalashuvi bilan unda murakkab morfologik o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi. Uning tashqi yuzasi qatrilib, ikki qavatli ko‘z bokalini hosil qiladi.
Ichki qavati to‘r qavatga, tashqisi pigmentli qavatga aylanadi. Ko‘z olmasining
bo‘shlig‘I shishasimon tana bilan to‘lib, kozning orqa kamerasini hosil qiladi.
Ammo shishasimon tanachaning hosil bo‘lishida mezoderma hujayralari am
qatnashadi.
Ko‘z teshigi dastlab katta bo‘lib, keyinchalik kichiklashib boradi. Bu
kichiklashuv chetlarda ko‘proq, o‘rtasida kamroq sodir bo‘ladi.
84 –rasm. Dumli amfibiyalar ko‘z rivojlanishi (A-E) bosqichlarining ketma –
ketligi (G.Shpemen, 1936).
S- to‘r parda; r- shoxli parda; x.p- gavxar pilakoidi; x.g- gavxar tolasi; f.r-
fotoreseptorlar; p.e- pigmentliy epiteliy; mez- mezenxima.
Ichki qavatning orqa qismi to‘r pardaning ko‘rish qismiga, oldingi qismi
kiprikli vakamalak qismiga aylanadi. Kiprikli tanadan kiprikli muskul hosil
bo‘lib, undan gavhar birlashadi. Kamalak qismidan kamalak qavat, to‘r pardaning
hujayralaridan ko‘rish nervlari, mezodermadan qon tomirla hosil bo‘ladi.
Ko‘ zning normal ko‘rishi uchun uning yordamch qisimlari ko‘z soqqasinin
harakatlanturuvchi muskullar, ko‘z yoshi bezi, qovoq kipriklarning hosil bo‘lishi
va funksiyasi muhum ahamyatga ega.
Ko‘zning tashqi qavati mezenximadan hosil bo‘lgan Mezenximaning I chki
qavati hujayralaridan pgmentli epiteliyni o‘rab turgan qon tomirlari hosil bo‘ladi.
Keyinchalik undan tomirlar qavati rivojlanadi. Mezenximaning tashqi
hujayralaridan oq (sklera) qavat hosil bo‘ladi. Bu qavat ko‘zni himoya va ko‘z
muskullarini biriktirish vazifasini bajaradi.
G.Shpeman (1901) va O.Mangold (1931) tajribalaridan ma‘lum bo‘lishicha, teri
va shox pardaning ma‘lum qismining o‘zgarishiga gavxar va ko‘z soqqasining
164
ta‘siri bor. Agar ko‘z olmasini shox parda hosil bo‘lguncha olib tashlansa,
rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, shox modda ko‘z rivojlanishining hamma
bosqichlarida zarur. Agar amfibiya lichinkasini yoki voyaga yetgan formasining
ko‘zini olib tashlansa, shox modda tezda yaltiroqligini yo‘qotib, teri tarkibiga
aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |