171
Sut emizuvchilar embrional taraqqiyotining dastlabki davrida jinsiy organlar
differensiallashmagan bo‘ladi. Erkak va urg‘ochi embrioning
jinsiy organlari bir
hil joylashgan bo‘ladi. Gonositlar sariqlik xaltasining endoderma qavatida
joylashgan va u yerdan o‘zining definitiv joyiga migrasiya qiladi. Odam
embrionida jinsiy bezlar homiladorlikning 3-4- haftasida birlamchi buyrak hosil
bo‘ladigan hujayralardan paydo bo‘ladi.Agar embrion urug‘don hosil bo‘lish
tomonga
taraqqiy etsa, u holda 7-8 haftalarda urug‘ yo‘llari bilan birgalikda
urug‘donning mag‘iz qatlami ham hosil bo‘ladi. 10 haftalik embrionda tuxum
hujayra dumg‘aza oldida bo‘ladi va tug‘ish oldidan tuxumdonga migrasiya qiladi.
Jinsiy bezning tuxumdon tomonga qarab differensiallanishi 14-
haftadan keyin
sodir bo‘ladi. Tuxumdonnning ichki qismidagi mezenxima hujayralari zichlashib,
u yerdagi gonositlar o‘ladi, ustki qismidagi gonositlar esa folikulyar hujayralar
bilan o‘ralib folikulalarni hosil qiladi. Bu jarayonlar embrionning 30- haftasidan
keyin tugallanadi.
Jinsiy kanallar ham har ikkala jinsda bir hil joylashadi.
Myuller kanallari
embrionning 5-6- haftasida urogenital qavatning epiteliy hujayralaridan hosil
bo‘ladi. Volf kanallarining pastki qismi embrionning 8- haftasida myuller
kanallari bilan birgalikda urogenal sinusni hosil qiladi.
Erkak embrionda myuller
kanali 1-2- haftada yo‘qolib ketadi. Urg‘ochi embrionda myuller kanalining yuqori
qismidan tuxum yo‘li, ularning ikkalasining qo‘shilish joyida esa bachadon hosil
bo‘ladi.
Ekak embrionlarda tashqi jinsiy organlar shakllanishi 20- haftada tugallanadi,
urg‘ochi embrionda esa tashqi jinsiy organlar 20-21 haftadan keyin tugaydi. Jinsiy
shakllanish borishi keng miqyosda yadrodagi xromasomalar va unda joylashgan
genlar orqali belgilanadi. Ammo embriogenez
faqat irsiy omillarga emas, balki
embrionga ta‘sir etuvchi tashqi muhit omillariga ham bog‘liq bo‘ladi. Gipofiz va
jinsiy bezlarning gormonlari jinsiy belgilar hosil bo‘lishiga ta‘sir etadi. Shakllanish
jarayonida ta‘sir etuvchi genlarning buzilishi noto‘g‘ri rivojlanishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: