174
qo‘shilsa, hosil bo‘lgan lichinka yirik bo‘ladi, rivojlanish ham normal bo‘ladi.
Agar tuxum meridian bo‘yicha maydalansa, undan ikkita lichinka paydo bo‘ladi.
Agar tuxum ekvator bo‘yicha maydalansa, bunda
animal qutbdan kiprikchalar
bilan qoplangan sharsimon organizm paydo bo‘ladi. Bu tajribalardan shu narsa
ma‘lum bo‘ldiki, animal va vegetativ qutblar bir -biridan farq qiladi.Aammo
ularning o‘zaro ta‘siri tufayli embrionda normal rivojlanish sodir bo‘ladi.
Rivojlanishda yadro singari sitoplazma ham muhim ahamiyatga ega. Agar
tuxumdan yadro olib tashlansa, bunday tuxum rivojlanmaydi. Agar amyobadan
yadro olib tashlansa va yadro 2-3 kundan keyin sitoplazmaga yana qayta kiritilsa,
uning normal faolligi tiklanadi. 6- kundan keyin yadro amyobaga
qayta kiritilganda
ko‘payish qobilyati tiklanmaydi.
L.Gamelton bir hujayrali asetobulyariya suv o‘tining yadrosiz oyoqchalari bir
necha oy yashashi va bu oyoqchalar ko‘paya olmasligini kuzatgan.
Boverining kuzatishlariga ko‘ra, ayrim xromosomalari bo‘lmagan dengiz
tipratikanining tuxumi normal rivojlanmagan. Drozofilada o‘tkazilgan tajribalar
shuni ko‘rsatadiki, uning normal rivojlanishi uchun 8 ta xromosomaning
hammasi
kerak.
Dostları ilə paylaş: