Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Embrion hujayralarining o’zaro aloqalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Embrion hujayralarining o’zaro aloqalari 
 
Tabiatda bir hujayrali organizmlar mustaqil hayot kechiradilar. Ammo 
hujayralar organizm safiga kirganda ularning tiklanishi va hayoti hujayralarning 
o‘zaro ta‘sirlariga bog‘liq bo‘ladi. Hujayralarning o‘zaro ta‘siri organizmni har 
qanday noqulay sharotlardan, shikastlanishdan, kasalliklardan saqlanishiga yordam 
beradi. Organizm qariganda ayrim organlarning boshqarilishi buziladi va bu hodisa 
o‘limga olib keladi. Embrional rivojlanishning boshlang‘ich davrlarida organizm 
hujayralarining o‘zaro aloqlari ayrim organlarning tiklanishiga olib keladi. Bu 
holat ba‘zi tajribalarda ham isbotlangan. Jumladan, amfibiyalar embrionini 
rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida ajratib olingan hujayralar fiziologik 
eritmalarga solinganda ularning ustida yolg‘on oyoqlar hosil bo‘lib, boshqa 
hujayralarga yopishishiga intiladi. 
Fibrioblast cho‘ziq, urchuqsimon blastomerlar bo‘lib, ular biriktiruvchi 
to‘qimada va mezenximada uchraydi.Bu blastomerlarni ajratib olganda uarning 
ustida yupqa sitoplazma qavati hosil bo‘ladi va bu qavat undullangan membrana 
deyiladi. Bu membrana boshqa fibrioblastlar bilan aloqada bo‘lganda ular yopishib 
harakatchanligini yo‘qotadi. Nerv gangliyalarini hosil qiladigan nerv hujayralari 
esa bir biridan uzoqlashadi. Agar bunday hujayralarni ajratib olib, fiziologik eritma 
yoki dengiz suviga solinganda ular harakatlnmaydi. Lekin ularning yoniga boshqa 
nerv hujayralar joylashtirilsa, ikkala hujayra ham qarama qarshi tomonga siljiy 
boshlaydi. Hujayralarning o‘zaro munosabati quyidagi yo‘llar bilan amalga oshadi: 
1.
To‘qnashib tormozlanish, ya‘ni birikish uchun zarur bo‘lgan fibril harakati 
yuzaga keladi. 
2.
Hujayralar elektr impulslar chiqarib, bir biri bilan aloqa o‘rnatadi. 
3.
Bir hujayradan ikkinchi hujayraga molekula yoki ionlarni o‘kazish yo‘li 
bilan aloqa qiladi. 


175 
4.
Qon orqali ma‘lum organdagi hujayralarning o‘zaro munosabati paydo 
bo‘ladi. 
Agar amfibiyalarning gastrulyasiya davrida mezoderma qavatida radioaktiv 
moddalar, glisin yoki metionin bilan belgi qo‘yilsa, mezodema bilan aloqada 
bo‘lgan ektoderma qavat ham o‘zining tarkibida bu belgini saqlaydi. Nyukop 
(1969) amfibiyalar embrionining gastrulyasiya jarayonida tajribalar o‘tkazib, 
shunday xulosaga keldiki, mezodermaektoderma ishtirokida paydo bo‘ladi. Animal 
va vegetativ qutblarda ektodermaning ichki qavati mezodermaga aylanadi. 
Hujayralarning o‘zaro aloqasi buzilganda ularning rivojlanishi ham to‘xtaydi, lekin 
hujayralarning bo‘linishi faollashadi.Bu hodisa zararli shishlar ustida tadqiqotlar 
o‘tkazgan olimlarni ham qiziqtirgan. Ularning aniqlashicha, shish hujayralari 
embrion holatga qaytgan organizm hujayralaridir. Ammo bu xulosa ham to‘liq 
isbotlangan emas. Ba‘zi shishlar va embrional hujayralar bir- biriga o‘xshaydi. Bu 
o‘xshashliklar ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. 
Organizmda blastoma deyiladigan shishlar normal hujayralarning organizm 
nazoratidan chiqib, tartibsiz ko‘payishi tufayli paydo bo‘ladi. Bu hujayralar o‘ziga 
xos funksional vazifani bajarib, ko‘payish xususiyatiga ega va ko‘payishi qisqa 
vaqtda amalga oshadi. Shishlar bexatar yoki zararli bo‘ladi. Zararli shishlar 
intensive o‘sish qobilyatiga ega , ya‘ni atrofidagi to‘qimaga o‘sib kiradi hamda 
ularni zararlaydigan moddalar ishlab chiqaradi. 
Metastazlanish deyilganda ma‘lum organda paydo bo‘ladigan birlamchi 
shishning boshqa organlarga tarqalishi va ikkilamchi tugunning hosil bo‘lishi 
tushuniladi. Bunday tugunlar (metastazlar) birlamchi shish hujayralarning boshqa 
joyga ko‘chishi natijasida paydo boladi. Epiteliy to‘qimasidan paydo bo‘ladigan 
zararli shishlar kanser, mezodermadan rivojlanadiganlari esa sarcoma deyiladi. 
Bezarar shishlar atrofidagi to‘qimalarga o‘sib kirmaydi. Biriktiruvchi to‘qimadan 
hosil bo‘lgan fibroma, muskul to‘qimasidan hosil bo‘lgan mioma shshlari bunga 
misol bo‘ladi. Ba‘zan bezarar shishlar xatarli shishlarga aylanishi mumkin. Xatarli 
shishlar umurtqali hayvonlarning barcha sinf vakillarida topilgan. Har xil 
hayvonlarning shishlari har xil bo‘ladi. Shishlarning mahsus br turi 
differensiallashmaganligi uchun har xil organlarni hosil qilishi mumkin. Bunday 
shishlar teratoma deyiladi. Teratoma har hil differensiallashgan to‘qimali, lekin 
shaklsiz organlarni, ya‘ni suyaklar, ishlar, sochlarni hosil qiladi. Bular ba‘zan 
urug‘donda yoki tuxumdonda paydo bo‘lishi mumkin. Bunday jarayonni 
partenogenez yo‘li bilan rivojlanishini boshlagan tuxum hujayra, deb taxmin qilish 
mumkin. 
Shishlar paydo bo‘lishida kanserogen omillar muhim vazifani bajarishi 
aniqlandi. Kanserogen yoki blastomogen omillarga tabiatdagi kimyoviy moddalar 
ta‘sirida shishlar paydo bo‘lishi kiradi. Organizmning o‘zi ham moddalar 
almashinuvi jarayonida bunday moddalarni ishlab chiqaradi.jumladan, gipofizda 
ishlab chiqariladigan organizmlarning o‘sishi va rivojlanishiga ta‘sir etadigan 
vazoperssin, oksitosin va boshqa gormonlarning ko‘plab ishlab chiqarilishi 
tuxumdonda, urug‘donda yoki buyrak usti bezida shishlar paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Bundan tashqari, kanserogen xossasiga ionlar, rentgen va ultrabinafsha 
nurlar, tamaki mumi, alkogollar va giyohvand moddalar ham kiradi. 


176 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin